U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə59/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

4. Soliq imtiyozlar hisobi. 
 
Foyda solig‘ining hisobini o‘rganishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq 
bo‘yicha imtiyozlar berish masalalari muhim ahamiyatga egadir. 
Soliq imtiyozlarini berish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari 
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan va qabul qilinmoqda. Berilayotgan 
imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi Qarori hisoblanadi. 
Soliq qonunchiligiga asosan soliq imtiyozlaridan foydalanish, to‘g‘ri hisoblash va 
maqsadli yo‘naltirishni nazorat qilish soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan. 


82 
Yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan soliq imtiyozlari miqdori byudjetga 
undirilgan soliq tushumiga nisbatan o‘rtacha 15,0-15,7%ni tashkil qilmoqda. 
2005 yil 24 fevralda tasdiqlangan «Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya 
hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (yangi tahrirdagi)ga asosan soliq 
imtiyozlarining buxgalteriya hisobi olib boriladi. Bu Nizomga asosan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari: 
a) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish 
sharti bilan; 
b) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi. 
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan 
soliqlar imtiyozlarining Moliyviy hisobi 8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» 
schyotida soliq imtiyozlarining turlari bo‘yicha olib boriladi. 
Soliqlar va bojxona imtiyozlarini hisoblab yozayotganda batafsil hisobga olish 
maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar schyotlar rejasidagi quyidagi schyotlarni ochadi: 
a) byudjetga bo‘nak to‘lovlarni hisobga olish hisob varaqlari (4400) guruhida 
«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari – soliqlar va bojxona 
imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» schyoti; 
b) byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6400) guruhida 
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz – soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlar bo‘yicha)» 
schyoti; 
v) sug‘urta bo‘yicha va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha 
qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari (6500) guruhida «Davlat maqsadli jamg‘armalarga 
to‘lovlar – soliq imtiyozlari (turlar bo‘yicha)» schyoti; 
g) turli kreditorlardan qarzlarni hisobga olish hisob varaqlari (6900) guruhida 
«Import chog‘ida QQS va aktsizlar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq imtiyozlari (turlar 
bo‘yicha)» schyoti. 
Yuridik shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy 
to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida 
aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizomda (AV tomonidan 2005 yil 2 aprelda 1463-son bilan 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan) belgilab berilgan. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun 
hujjatlariga muvofiq soliqlar va bojxona imtiyozlari berilgan, mulkchilik shaklidan, 
faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududidagi barcha 
birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga taalluqlidir. 
Shuni hisobga olish lozimki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bu boradagi imtiyozlar 
bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan 
yoki ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi. 
Xususan, bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar 
va bojxona imtiyozlari berilganda byudjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy 
to‘lovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish 
(xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi. 
Imtiyozlar bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun 
yo‘naltirish sharti bilan berilganda soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga 
hisoblab yozish qonun hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Bunda soliq imtiyozlari berilgan, byudjetga hisoblangan soliqlar va majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha hisob-kitoblar, to‘lovchi ro‘yxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan 
shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va 
boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan QQS 


83 
(QQS to‘lovchilar uchun) va aktsiz solig‘i (aktsizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda) 
summasi ajratilgan holda hisobvaraq-faktura yoziladi. 
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan 
soliq va bojxona imtiyozlari berilganda hisoblab yozilgan bojxona to‘lovlari, soliqlar 
(mazkur soliq to‘lovchilari uchun QQS, shuningdek qonunga muvofiq hisobga qabul 
qilinadigan aktsiz solig‘idan tashqari) va byudjetga majburiy to‘lovlar qonun hujjatlariga 
muvofiq umumbelgilangan tartibda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa 
xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritiladi. 
QQS to‘lovchisi hisoblangan va QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar 
xarid qilinadigan (shu jumladan import qilinadigan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) 
bo‘yicha QQS summasini xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda 
byudjetga to‘lanadigan QQSni belgilashda hisobga kiritadilar. 
O‘z ehtiyojlari uchun ishlatiladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda 
xarid qilish qiymati bo‘yicha, bunga QQS va aktsiz solig‘i summasi kiritiladi, aks 
ettiriladi. 
Aktsiz solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilayotganida qonun hujjatlariga muvofiq hisobga 
qabul qilinadigan aktsiz solig‘i to‘lovchilari hisoblangan korxonalar xarid qilingan (shu 
jumladan import qilinayotgan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo‘yicha aktsiz solig‘i 
summasini ularning xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda 
byudjetga to‘lanadigan aktsiz solig‘ini aniqlash chog‘ida hisobga kiritadilar. 
Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori belgilangan tartibda byudjetga hisoblab 
yozilgan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan imtiyozlarning 
buxgalteriya hisobi 8840-»Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘ida, 
berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha yuritiladi. 
Soliqlar va bojxona imtiyozlarini hisoblab yozayotganda batafsil hisobga olish 
maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobvaraqlarining ish rejasida qu-yidagi 
hisobvaraqlar ochiladi: 
a) byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga olish hisobvaraqlari (4400) guruhida 
«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliqlar va bojxona 
imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» hisobvarag‘i; 
b) byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6400) guruhida 
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» 
hisobvarag‘i; 
v) sug‘urta bo‘yicha va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni 
hisobga olish hisobvaraqlari (6500) guruhida «Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar 
- soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» hisobvarag‘i; 
g) turli kreditorlardan qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6900) guruhida «Import 
chog‘ida QQS va aktsizlar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» 
hisobvarag‘i. 
8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘ida hisobga olinadigan, 
soliqlar va bojxona imtiyozlarini berish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalari 
quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi: 
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklarni xarid qilishga
kredit va qarzlarni so‘ndirishga, asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish va 
zamonaviylashtirishga yo‘naltirganda, agar imtiyozli davr ko‘rsatilgan bo‘lsa - 
muddatlarning eng kami bo‘yicha: imtiyozli davr yoki haqiqatda ishlatish tugaganda, 
imtiyozli davr ko‘rsatilmagan hollarda esa - har yili: 


84 
8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘i debeti; 
8530-«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvarag‘i krediti, bunda «Soliqlar va bojxona 
imtiyozlari» hisobvarag‘i ajratiladi; 
b) joriy majburiyatlarning hosil bo‘lishiga (masalan: ish haqining hisoblab yozilishi, 
ijara, davlat maqsadli jam-g‘armalariga ajratmalar va hokazo) olib keladigan joriy 
xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilganda: 
8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘i debeti; 
6010-«Etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar» yoki 6120-
«Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar» yoxud 6710-
«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» yoki turli kreditorlardan 
qarzni hisobga olish hisobvarag‘i (6900) krediti yoxud boshqa tegishli hisobvaraqlar. 
Shuningdek, soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda bo‘shayotgan mablag‘lar 
summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bo‘lsa, buxgalteriya 
hisobining bank hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi va shu munosabat bilan Moliyviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-son shakl) aks ettirilmaydi va, tegishlicha, Moliyviy 
natijalarni shakllantirishga ta’sir qilmaydi. 
Vaqtinchalik soliqlar va bojxona imtiyozlari chog‘ida bo‘shayotgan mablag‘larning 
lozim darajadagi buxgalteriya hisobini ta’minlash maqsadida, agar ularni maqsadli 
ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha «Vaqtinchalik soliqlar va bojxona imtiyozlari» alohida 
balansdan tashqari hisobvaraqlari ochiladi. 
Byudjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
hisoblab yozilgan, bo‘shagan mablag‘lar summasi umumbelgilangan tartibda mazkur 
hisobvaraqlar debeti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Imtiyoz berilgan davr tugaganidan so‘ng «Vaqtinchalik soliqlar va bojxona 
imtiyozlari» balansdan tashqari hisobvaraqlari debetida hisobga olinadigan bo‘shagan 
mablag‘lar summasi ushbu hisobvaraqlar kreditiga hisobdan chiqariladi. 
Doimiy soliqlar va bojxona imtiyozlari chog‘ida bo‘shayotgan mablag‘lar, agar 
ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan har bir soliq 
turi, bojxona va majburiy to‘lov bo‘yicha Moliyviy hisobotga tushuntirish xatida ochib 
beriladi. 
PQ-1754-son qarorga binoan 2012 yilning II choragidan boshlab foyda solig‘i va 
yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar imtiyozli xizmat turlarini ko‘rsatishdan 
olingan tushum umumiy tushum hajmining 80 foizi va undan ortig‘ini tashkil qilishi sharti 
bilan mikrofirmalar va kichik korxonalarning barcha daromadlariga tatbiq etiladi. 
Masalan, yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan kichik korxona imtiyozlar belgilangan 
xizmatlarni ko‘rsatish bilan bir vaqtda savdo faoliyatini ham amalga oshiradi. Xizmatlarni 
ko‘rsatishdan olingan tushum umumiy tushum hajmining 80 foizi va undan ko‘prog‘ini 
tashkil qilsa, u holda joriy yilning II choragidan (ya’ni 1 apreldan) boshlab YaSTni 
to‘lash bo‘yicha imtiyozlar savdodan olingan daromadlarga ham tatbiq qilinadi. Biroq 
bunda korxona I chorakda savdo faoliyatini amalga oshirgan bo‘lsa, u holda u I chorak 
uchun savdo faoliyatidan olingan tushum qismida yagona soliq to‘lovini to‘liq miqdorda 
to‘lashi kerak. 
Shuni ta’kidlash kerakki, imtiyozli xizmatlar bilan birga belgilangan mezonga amal 
qilgan holda (xizmat ko‘rsatishdan olingan tushum umumiy tushumning 80 foizi va undan 
ko‘prog‘ini tashkil qiladi) boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshiradigan hamda 
tegishli ravishda YaSTni to‘lashdan to‘liq ozod etilgan yagona soliq to‘lovi 
to‘lovchilariga YaSTni eng kam miqdorni (qat’iy belgilangan soliq yoki er solig‘ining uch 


85 
baravari) hisobga olgan holda hisoblab chiqarish va to‘lashning quyidagi hujjatlar bilan 
nazarda tutilgan tartibi tatbiq etilmaydi: 
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana 
savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar 
tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin