U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq hisobini yuritish tartibi


səhifə58/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq hisobini yuritish tartibi. Soliq to‘lovchi realizatsiya qilingan benzin, dizel 
yoqilg‘isi, gaz hajmini va byudjetga hisoblab chiqarilgan soliq summasining hisobini 
alohida yuritishi kerak. Buxgalteriya hisobida iste’mol solig‘i hisobi quyidagicha aks 
ettiriladi: 
Xo‘jalik
operatsiyasining mazmuni 
Debet 
Kredit 
Jismoniy shaxslardan 
transport vositalariga 
iste’mol solig‘i hisobi 
5010-«Milliy 
valyutadagi pul 
mablag‘lari» 
6411-«Jismoniy shaxslardan 
transport vositalariga benzin, 
dizel yoqilg‘isi va gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq» 
Jismoniy shaxslardan 
transport vositalariga 
iste’mol solig‘i bo‘yicha 
qarzning yopilishi
6411-«Jismoniy 
shaxslardan transport 
vositalariga benzin, dizel 
yoqilg‘isi va gaz 
ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq» 
5110-«Hisob raqami» 
O‘n kunlik to‘lovlarni hisobga olgan holda soliq bo‘yicha hisob-kitoblar AYoQSh 
joylashgan joydagi soliq organiga taqdim qilinadi.
Iste’mol solig‘i AYoQSh joylashgan joy bo‘yicha to‘lanadi. Soliq mahalliy soliqlar 
tarkibiga kiritilganligi bois u mahalliy byudjetga to‘lanadi.
AYOQSHDA YAST bazasini kamaytirish tartibi. Soliq kodeksining 356-
moddasiga ko‘ra, AYoQSh uchun soliq solinadigan baza benzin, dizel yoqilg‘isi va 
gazning AYoQShning belgilangan eng yuqori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan 
olish narxi o‘rtasidagi mahalliy byudjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan farq summasiga 
kamaytiriladi.
Soliq kodeksining Soliq kodeksining 356-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga 
ko‘ra avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalarida YaST hisob-kitobida soliq solinadigan 
yalpi tushum: 
benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning AYoQShning belgilangan eng yuqori ustamadan 
oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi mahalliy byudjetga o‘tkazilishi 
lozim bo‘lgan farq summasiga; 
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasiga kamaytiriladi. 
Mintaqaviy MOLIYA organi tomonidan chakana iste’molchilarga realizatsiya 
qilinadigan neft mahsulotlarining bir tonnasiga so‘mda belgilanadigan eng yuqori ustama 
AYoQSh tasarrufida qoladi (VMning 1.07.2003 yildagi 296-son qarori bilan tasdiqlangan 


81 
Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish 
to‘g‘risidagi nizomning 11, 12-bandlari). Agar benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning 
chakana narxi bilan olish narxi o‘rtasidagi farq belgilangan ustamadan oshib ketsa, 
oshgan summa 3 bank kuni davomida mahalliy byudjetga o‘tkaziladi. Avtomobilga 
yonilg‘i quyish shoxobchalarida YaST bo‘yicha soliq solinadigan baza ayni shu summaga 
kamaytiriladi (bundan keyin - oshgan summa). 
AYoQSh benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun jismoniy shaxslardan 
olinadigan soliq to‘lovchisidir. Soliq summasi realizatsiya narxida hisobga olinadi va 
YaST hisob-kitobi paytida soliq solinadigan yalpi tushumdan ham chegirilishi kerak. 
Realizatsiyadan olinadigan yalpi tushum hamda SK 356-moddasi ikkinchi qismining 
1-bandiga asosan chegiriladigan summalar buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha 
belgilanadi. 
Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobini to‘ldirish chog‘ida boshqacha vaziyat 
shakllanadi, uning shakli avvalo YaST solinmaydigan summalarni kiritgan holda umumiy 
yalpi tushumni aks ettirishni nazarda tutadi. Hisob-kitobga zarur ilovalar to‘ldirilganidan 
keyin esa soliq solinadigan yalpi tushumdan jami chegirmalar summasi (imtiyozlar 
summasi) belgilanadi.
Chunonchi, Hisob-kitobning 010-»Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan sof 
tushum» satri bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishdan barcha pul 
tushumlari, shuningdek benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga soliq hamda oshish 
summasini ko‘rsatish kerak. 010-satr ma’lumotlari Hisob-kitobning 040-satri bo‘yicha 
soliq solinadigan yalpi tushum tarkibida hisobga olinadi. 
Soliq solinadigan yalpi tushumdan chegirmalar summasini belgilash uchun Hisob-
kitobga 3-»Soliq solinadigan yalpi tushumning kamayishi» ilovasini to‘ldirish lozim, 
uning 0208-satrida soliq summasi, 0209-satrda esa oshgan summa ko‘rsatiladi. 
Chegirmalarning umumiy summasi 3-ilovaning 010-satrida aks ettiriladi, YaST hisob-
kitobining 0502-satriga ko‘chiriladi va 050-satrda YaST bo‘yicha soliq imtiyozlarining 
umumiy summasida ko‘rsatiladi. 
Shu tariqa, YaST hisob-kitobi shakliga ko‘ra, soliq solinadigan yalpi tushumni (040-
satr) imtiyozlar summasiga (050-satr) kamaytirish yo‘li bilan soliq solinadigan baza 
aniqlanadi (060-satr), u belgilangan stavkaga ko‘paytiriladi va byudjetga to‘lanadigan 
YaST summasi hisoblab chiqariladi. 
Plastik kartochkalarni qo‘llagan holda tovarlarni realizatsiya qiladigan korxonalar 
YaSTning belgilangan stavkasini 10%ga kamaytirishga haqli. Pasaytirilgan stavka benzin, 
dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga soliq hamda oshgan summani chegirgan holda, 
terminal bo‘yicha to‘lanadigan ulushda to‘lov terminallari orqali olingan tushumga 
qo‘llanadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin