78
tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha
aktsiz solig‘i aktsiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
Prezidentimizning 2012 yil 16 iyul kuni «Statistik, soliq, Moliyviy hisobotlarni,
litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4453-sonli Farmoni asosan 2013 yildan e’tiboran - aktsiz
solig‘i hisobotlari barcha soliq to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan chorakda bir
marotaba taqdim etilishi belgilandi.
3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobi va hisoboti
Jismoniy shaxslardan
transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi
va gaz
ishlatganlik uchun olinadigan soliq (bu - iste’mol solig‘i), uning to‘lovchilari, soliq solish
ob’ekti, bazasi hamda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi. Bu masalalar Soliq
kodeksining XIV bo‘limi bilan tartibga solinadi.
Jismoniy shaxslarga transport
vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni
chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar iste’mol solig‘ini
to‘lovchilar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni
chakana realizatsiya qilish soliq solish ob’ektidir.
Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning
natura holidagi realizatsiya qilingan hajmi soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz
ishlatganlik uchun olinadigan soliq masalalari Soliq kodeksining XIV bo‘limida ochib
berilgan. Ushbu soliqning to‘lovchilari bo‘lib jismoniy shaxslarga transport vositalari
uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxslar hisoblanadi
(Soliq kodeksi 301-modda). Bunda
jismoniy shaxslarga
transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilish
soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Soliq solinadigan baza sifatida jismoniy shaxslarga
transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning natura
holidagi realizatsiya
qilingan hajmi olinadi.
Soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda
hisoblab chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2011 yildagi «O‘zbekiston
Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat
byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-1675-son qarorining 21-ilovasida jismoniy
shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi
va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq stavkalari ko‘rsatilgan, xususan transport vositalari uchun 1 kub metr
siqilgan gaz uchun 200 so‘m belgilangan.
Yuridik shaxslarga chakana narxlarda chakana savdo tarmog‘i (avtomobillarga
yonilg‘i quyish shoxobchalari) orqali benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotishda jismoniy
shaxslardan transport vositalariga ushbu mahsulotlarni ishlatganlik uchun olinadigan soliq
byudjetga qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi va sotish narxida hisobga olinadi
(PQ-1675-son qarorning 21-ilovasiga izoh).
MISOL. Yanvar oyining birinchi o‘n kunligi yakuni bo‘yicha
AYoQSh jismoniy
shaxslarga 50 000 litr benzin realizatsiya qildi. Bu davr uchun 13 yanvargacha byudjetga
to‘lanadigan soliq summasi 10 000 ming so‘mni (50 000 x 200) tashkil qiladi. Jismoniy
shaxslardan transport vositalariga benzin ishlatganlik uchun olinadigan soliq summasi
79
2012 yil uchun 1 litriga 200 so‘m miqdorida belgilangan. (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 30.12.2011 yildagi PQ-1675-son qarorining 21-ilovasi).
Iste’mol solig‘i soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan
holda hisoblab chiqariladi.
Iste’mol solig‘i summasi chakana narxga qo‘shimcha ravishda belgilanadi, sotib
oluvchiga beriladigan chekda alohida qatorda ko‘rsatiladi
hamda jismoniy shaxslardan
realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz uchun mablag‘larni olish bilan bir
vaqtda undiriladi.
Soliq summasi quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi:
Yüklə
Dostları ilə paylaş: