U. A. Nurmanov toshkent 2016


) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi (ustav


səhifə52/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

2) aktsiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi (ustav 
kapitali)ga hissa yoki pay badali sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha 
sherik (ishtirokchi) hissasi sifatida berish. 
Aktsiz to‘lanadigan tovarlarni boshqa tashkilotning ustav kapitaliga hissa sifatida 
berishda soliq solinadigan baza tegishli tashkilot muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida 
muvofiqlashtirilgan hissa qiymati bo‘yicha belgilanadi. 
 
MISOL. Zargarlik zavodi 20 martda o‘z mahsulotlarining bir qismini vositachilik 
shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilish uchun berdi. Vositachi (komissioner) komitent 
mahsulotining bir qismini 15 mayga kelibgina realizatsiya qildi (aprelda realizatsiya 
qilinmagan). 
Aktsiz solig‘i solish maqsadida realizatsiya qilingan sana deb 15 may e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchida soliq solinadigan bazani tuzatish quyidagi holatlarda amalga 
oshiriladi: 
- tovar to‘liq yoki qisman qaytarilganda; 
- shartnoma shartlari o‘zgartirilganda; 
- qiymatlar o‘zgartirilganda, xaridor chegirmadan foydalanganda. 
Soliq solinadigan bazani tuzatish bir yil muddat doirasida amalga oshiriladi. 
 
Misol. Ishlab chiqaruvchi korxona 100% oldindan to‘lov shartlarida 18 576 ming 
so‘mga avtomobilni realizatsiya qildi, shu jumladan aktsiz solig‘i - 3 480 ming so‘m, 
QQS - 3 096 ming so‘mni tashkil qildi. Avtomobilning zavodda belgilangan qiymati - 12 
000 ming so‘m. 
Avtomobildan 
foydalanish 
vaqtida 
uning 
texnik 
nosozliklari 
aniqlandi. 
Ixtisoslashtirilgan avtoservis tomonidan berilgan ekspertiza xulosalari bo‘yicha 
avtomobilni ta’mirlab bo‘lmaydi. Xaridor, shartnomaning bunday holatlarda avtomobilni 
qaytarish mumkinligi to‘g‘risidagi bandiga tayanib, uni xarid qilingandan so‘ng 20 
kundan keyin qaytardi.
Avtomobil xaridor tomonidan qaytarilganda korxona foyda solig‘i (SK, 131-modda), 
QQS (205-modda) va aktsiz solig‘i (233-modda) bo‘yicha soliq solinadigan baza 
tuzatilishi lozim. 
 
 
 
Avtomobilning qaytarilishi va bilvosita soliqlarni tuzatish hisobda quyidagi yozuvlar 
bilan aks ettiriladi: 


75 
 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin