U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi


səhifə49/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-
kitobi soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ortib 
boruvchi yakun bilan: 
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar 
tomonidan - yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik Moliyviy hisobot topshirilgan muddatda; 
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar 
tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari bo‘yicha esa - yillik Moliyviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. 
Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno, qo‘shilgan 
qiymat solig‘ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar 
(ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-
fakturalar reestrining shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 
belgilanadi.


72 
2. Aktsiz solig‘i va hisoboti. 
Bozor iktisodiyoti sharoitida tovarlar inson ehtiyojini kondirishiga karab ikki 
guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga inson ehtiyoji uchun har kuni iste’mol qiladigan 
tovarlardir. Ikkinchi guruh aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lmagan tovarlardir. Inson 
ehtiyoji uchun uncha zarur bo‘lmagan tovarlarning ba’zi turlariga aktsiz solig‘i 
belgilanadi.
Bular jumlasiga arok, vino, konyak, pivo, tomaki mahsulotlari, neft mahsulotlari, 
paxta yogi, gilam va gilam buyumlari, tabiiy gaz, hrustal buyumlar, mebel, oltin, video va 
audio tehnika va boshqa tovarlar kiradi. Mulk shaklidan kat’iy nazar, bunday tovarlarni 
ishlab-chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar, kompaniyalar aktsiz solig‘i to‘lovchilari bo‘lib 
hisoblanadi. 
Aktsiz solig‘iga to‘lovchilari kimlar bo‘lishi, soliq solish ob’ekti, bazasi, tovarlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasi, soliqdan chegirmalar Soliq kodeksining 8-
bo‘limi bilan tartibga solinadi.
Quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar aktsiz solig‘i to‘lovchilar hisoblanadilar:
- O‘zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig‘i solinadigan tovarlar (aktsiz 
to‘lanadigan tovarlar) ishlab chiqaruvchilar; 
- O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga aktsiz to‘lanadigan tovarlarni import 
qiluvchilar; 
- aktsizli tovarni ishlab chiqarishda oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi 
yuklangan oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi).
Soliq solish ob’ekti vujudga keladigan korxonalar va jismoniy shaxslargina aktsiz 
solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. Aktsiz solig‘i solinadigan ob’ektlar ro‘yxati SKning 230-
moddasi bilan belgilangan. 
Aktsiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha O‘zR Prezidentining 
qaroriga asosan, aktsiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarmaydigan shaxs (masalan, 
«Djeneral Motors O‘zbekiston» YoAJ dilerlari) aktsiz solig‘i to‘lovchi qilib belgilanishi 
mumkin. 
Aktsiz solig‘i solinadigan tovarlar aktsiz to‘lanadigan tovarlar hisoblanadi. Aktsiz 
to‘lanadigan tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda soliq solish ob’ekti yuzaga 
kelgan hollarda aktsiz solig‘i to‘lovi bo‘yicha majburiyat paydo bo‘ladi.
Soliq solish ob’ektini to‘g‘ri aniqlash uchun aktsiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxatini 
ham, soliq solinadigan operatsiyalar turlarini ham bilish zarur. 
Ishlab chiqarishda quyidagilar aktsiz solig‘i solinadigan tovarlar hisoblanadi: etil 
spirti; vino; konyak, aroq va boshqa spirtli mahsulotlar; pivo; o‘simlik (paxta) yog‘i; 
sigaretalar; zargarlik buyumlari; «Djeneral Motors O‘zbekiston» YoAJ ishlab chiqargan 
avtomobillar; kumushdan tayyorlangan oshxona anjomlari; qimmatbaho metallar; neft 
mahsulotlari (benzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin); tabiiy gaz; suyultirilgan gaz; paxta-
tola. 
Soliq solinadigan baza har bir aktsiz to‘lanadigan tovar turi bo‘yicha alohida 
belgilanadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin