U. A. Nurmanov toshkent 2016


Ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarga soliq solish


səhifə66/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarga soliq solish 
tartibi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston 
Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat 
byudjeti parametrlari to‘g‘risida» PQ-1675-son qarori bilan 2012 yil 1 yanvardan boshlab 
yuridik shaxslar uchun bir oyda soliq solinadigan eng kam daromadni aniqlash maqsadida 
ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan ijara to‘lovining eng kam miqdorlari joriy 
qilinmoqda. 
Ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarga soliq shartnomada 
belgilangan ijara to‘lovi summasidan, biroq har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
mulki qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan va O‘zbekiston Respublikasi MOLIYA 
vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 
hisob-kitoblari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
TOSHKENT shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan davlatning ko‘chmas 
mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib 
hisoblanadigan soliq summasidan kam bo‘lmagan miqdorda soliq solinadi.
Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasi bilan belgilangan ijara to‘lovi summasi 
belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblab chiqilgan ijara 
to‘lovi summasidan kam bo‘lgan taqdirda quyidagi soliq turlari bo‘yicha davlatning 
ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib 
chiqib qo‘shimcha hisoblash amalga oshiriladi: 

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 

qo‘shilgan qiymat solig‘i; 

yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun - yagona soliq to‘lovi bo‘yicha. 
Ko‘chmas mulkni ijaraga berish asosiy faoliyat turi bo‘lgan umumbelgilangan 
soliqlarni to‘lovchi yuridik shaxslar uchun yuqorida sanab o‘tilgan soliqlarga qo‘shimcha 
ravishda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, 
byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal 
ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bo‘yicha ham qo‘shimcha 
hisoblash amalga oshiriladi. 
Davlatning ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining belgilangan eng 
kam stavkalari bilan yuqorida aytib o‘tilgan soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga 
majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ko‘chmas mulkni ijaraga 
berish shartnomasi bilan belgilangan summa o‘rtasidagi ijobiy farq qo‘shimcha 
hisoblangan summa hisoblanadi.
Soliq solinadigan bazani belgilash uchun buxgalteriya hisobining balans aktivida aks 
ettiriladigan quyidagi schyotlar bo‘yicha summalar qabul qilinadi. 


94 
Soliq solinadigan bazani aniqlash uchun eskirishni chegirib gashlagan holda 
quyidagi buxgalteriya xisobi schyotlari bo‘yicha balansshshg aktivida joylashgan 
summalar qabul qilinadi: 
0110-0199 - asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar; 
0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»; 
0410-0490 - nomoddiy akgivlarni hisobga oluvchi schyotlar; 
0710-0720 - o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (me’yordagi 
muddatlarda o‘rnagilmaganlari bo‘yicha); 
0810-«Tugallanmagan qurilish» (belgilangan muddatlarda tugallanmaganlari 
bo‘yicha). 
Korxonaning mol-mulkiga 3,5%li stavka bo‘yicha soliq solinadi. Me’yordagi 
muddatlarda o‘rnatilmagan va foydalanilmayottan mol-mulk uchun korxona va 
tashkilotlar mol-mulk solig‘ini ikki karrali stavka bo‘yicha to‘laydilar. 
M i s o l. Quyidagi ma’lumotlar mavjud: 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin