91
Mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati 9 oy uchun quyidagicha hisoblanadi: [2 990
+ 2 860 + 2 730 + 2 600 + 2 470 + 2 340 + 2 210 + 2 080 + 1 950] / 12 = 1 852,5 ming
so‘m.
Mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati 12 oy uchun quyidagicha hisoblanadi:
[2 990 + 2 860 + 2 730 + 2 600 + 2 470 + 2 340 + 2 210 + 2 080 + 1 950 + 1 820 + 1
690 + 1 560] / 12 = 2 275 ming so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining Soliq kodeksi 266-moddasi
ikkinchi
qismining uchinchi xatboshisida va uchinchi qismida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk
ob’ektlari bo‘yicha soliq solinadigan baza mazkur ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini
tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Mol-mulk solig‘ini to‘lovchi tomonidan ushbu soliqni to‘lash
nazarda tutilmagan
faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan
baza soliq solinadigan va
soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi.
Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda,
soliq solinadigan baza
faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida mol-mulk solig‘ini to‘lash
nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog‘idan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
MISOL. Mol-mulk solig‘i hisoblanadigan asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qoldiq
qiymati 12 000 ming so‘mni tashkil qiladi. Ushbu soliqning yillik hisob-kitobi - 420 ming
so‘m. Yillik to‘langan summa - 385 ming so‘m. Dekabr oyida (11-kunida) yangi asbob-
uskuna xarid qilinib, ishga tushirilgan. Qayta hisob-kitoblardan keyin yillik o‘rtacha
qoldiq qiymat 12 625 ming so‘mni tashkil qildi.
Hisobot yili davomida soliq solish bazasi oshganda mol-mulk solig‘ini to‘lash tartibi
quyidagicha bo‘ladi:
hisobot yili uchun o‘rtacha yillik mol-mulk solig‘i 441 875 (12 625 000 x 3,5 / 100)
so‘mni tashkil etadi.
Yil yakuni bo‘yicha byudjetga 56 875 (441 875 - 385 000) so‘m qo‘shimcha to‘lov
amalga oshirilishi kerak.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: