U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq davri. Hisobot davri


səhifə72/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq davri. Hisobot davri 
Kalendar yil soliq va hisobot davridir. 
Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi. Er 
solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va 
uning hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot 
yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi. 
Er solig‘ini hisoblab chiqarish SKning 281-moddasiga muvofiq hisoblab 
chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda 
amalga oshiriladi. 
Soliq solinadigan bazada (hisoblangan soliq summasida) soliq davri mobaynida 
o‘zgarish bo‘lganda, yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida davlat soliq xizmati 
organiga er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etishi shart.
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy maydonida va 
tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yagona er solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi 
korxonalari er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga 
joriy yilning 1 dekabriga qadar taqdim etadi. 
MISOL. Korxonaga 960 kv. m er maydoni ajratildi. Uning bir qismi (220 kv. m) 
TOSHKENT shahar Bektemir tumanida, qolgan qismi (740 kv.m) TOSHKENT 
viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan.
Er solig‘ining hisob-kitobi alohida hisoblanadi, u quyidagichadir: 
TOSHKENT shahrida joylashgan er uchastkasi bo‘yicha er solig‘i Prezidentning 
30.12.2011 yildagi PQ-1675-son qarorining 19-ilovasi, 5-jadvalida belgilangan 
stavkalarga asosan; 
TOSHKENT viloyatida joylashgan er uchastkasi bo‘yicha er solig‘i ushbu 
qarorning 19-ilovasi, 7-jadvalida belgilangan stavkalarga asosan hisoblab chiqiladi. 
Er solig‘i bo‘yicha hisob-kitob va to‘lov er maydoni joylashgan joyda amalga 
oshiriladi: TOSHKENT shahrida joylashgan er uchastkasi bo‘yicha Bektemir tuman 
DSIga, TOSHKENT viloyatida joylashgan er uchastkasi bo‘yicha O‘rtachirchiq tuman 
DSIga. 


100 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin