U. A. Nurmanov toshkent 2016


 Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi va soliq hisoboti


səhifə74/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

3. Er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi va soliq hisoboti. 
Soliq kodeksining 242-moddasiga muvofiq O‘zbekiston hududida konlarni aniqlash 
va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, shu jumladan texnogen mineral 
hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek foydali 
qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga 
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida er qa’ridan 
foydalanuvchilardir.
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: 

er qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, shu jumladan mineral xom 
ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib 
olayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar; 

foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta 
ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar. 
Foydali qazilmalarni kavlab olish deganda foydali qazilmalarni er qa’ridan yuzaga 
chiqarib olish bilan bog‘liq ishlar majmui tushuniladi («Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi 
Qonunning 2-moddasi). Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun er qa’ri uchastkalaridan 
foydalanish huquqi yuzaga kelishi uchun asos bo‘lib litsenziya hisoblanadi, uni 
Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tegishli davlat organining er 
qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni yuritish uchun er uchastkasi berilishini 
kafolatlaydigan qarori mavjud bo‘lganida beradi. Litsenziya uning egasining belgilangan 
muddat mobaynida aniq chegaralarda er qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini 
tasdiqlaydi va undan foydalanish shartlarini belgilaydi.
Demak, er qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan to‘lab beriladigan bonus, ya’ni 
maxsus to‘lov umumbelgilangan soliq hisoblanadi. 
Soliq kodeksi 43-bobining 243-moddasiga binoan er qa’ridan foydalanganlik uchun 
soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: 
er qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) 
texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan er qa’ridan 
foydalanuvchilar; 
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta 
ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar. 
Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotlarning hajmi er qa’ridan 
foydalanganlik uchun soliq solish ob’ekti bo‘lib, ularning ro‘yxati Prezidentning qarori 
bilan belgilanadi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va 
realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab 
chiqarish maqsadida o‘z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan foydali 
qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi. 
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solishning ob’ekti tayyor mahsulotning har 
bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Chunonchi, uglevodorodlar uchun soliq solish 
ob’ekti qu-yidagilardir: sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan kavlab 
olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali 
komponentlar; uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi 
kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida 
tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar. Qatlamdagi bosimni 
saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish 
uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish 
ob’ekti bo‘lmaydi. 
Soliq kodeksi 244-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, ajratib olingan 


104 
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral 
hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho 
metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish ob’ektidir. Qolgan qattiq foydali 
qazilmalar bo‘yicha soliq solish ob’ekti bo‘lib kavlab olingan (shu jumladan qo‘shilib 
chiqadigan) foydali qazilmalar; foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen 
mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar hisoblanadi. 
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ekti bo‘lib kavlab olingan 
(chiqarib olingan) tayyor mahsulotlarning hajmi hisoblanadi. Ularning ro‘yxati 
Prezidentning qarori bilan belgilanadi. Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 
belgilangan va realizatsiya qilish yoki berish, shu jumladan tekin berish uchun, 
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o‘z iste’moli va boshqa ehtiyojlar 
uchun mo‘ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof 
etiladi.
Keng tarqalgan, soliq to‘lovchilarga berilgan er uchastkalari doirasida kavlab 
olingan hamda o‘z xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan foydali qazilmalar 
soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.
Biroq, Foydali qazilmalar konlarini ishlab chiqish uchun tog‘ tarmoqlarini berish 
tartibi to‘g‘risida nizomning 14-bandiga ko‘ra er egalari va erdan foydalanuvchilar ularga 
berilgan er uchastkalari doirasida er qa’ridan xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar uchun 
litsenziyasiz keng tarqalgan foydali qazilmalar, er osti suvlaridan va tog‘ tarmog‘idan 
quyidagi shartlarga rioya etgan holda foydalanish huquqiga egalar: 

keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olish ochiq usul bilan, balandligi 2 
metrdan va maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lmagan bitta o‘yiq joyda amalga oshirilishi 
kerak; 

ishlar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda yuritilishi kerak; 

hosildor qatlamni olish va saqlash, shuningdek buzilgan erlarni keyin 
rekultivatsiya qilish masalasi hal etilishi kerak;

kon ishlari boshlanishidan 10 kun avval mahalliy hokimiyat organlari va 
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspektsiyasi xabardor qilinishi kerak; 

kavlab olingan keng tarqalgan foydali qazilmalar va er osti suvlaridan faqat er 
uchastkasi egasi (foydalanuvchi)ning xo‘jalik yoki maishiy ehtiyojlari uchun foydalanish 
kerak. Kavlab olingan foydali qazilmalarni naf olish uchun boshqa korxonalar, 
tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq to‘lovchilarga berilgan er uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda 
o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali 
qazilmalar soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi. Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini 
berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomda Keng tarqalgan foydali qazilmalar 
ro‘yxati (3-ilova) keltirilgan bo‘lib, unga quyidagilar kiritilgan: 
argillitlar va alevrolitlar (tsement sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari); 
- toshqotishma va shag‘allar (oddiy va gidrotexnik betonni to‘ldiruvchi sifatida 
shlatishga yaroqlilaridan tashqari); 
- gilmoya (chinni va fayans buyumlar ishlab chiqarishga, tsement sanoatida 
ishlatishga yaroqli o‘tga chidamli, qiyin eriydigan, qoliplash gilmoyasi, oqartiruvchi, 
bo‘yoqli, bentonitli, kislotaga chidamli gilmoya va kaolindan tashqari); 
- dolomit (arralanadigan, qoplanadigan, metallurgiya, kimyo va shisha sanoati 
uchun ishlatiladiganlaridan tashqari); 


105 
- ohaktosh (bituminozli, qoplanadigan, arralanadigan, tsement, metallurgiya, 
kimyo, shisha, qog‘oz-tsellyuloza va shakar sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan, 
shuningdek gilmoya ishlab chiqarishda foydalaniladiganlaridan tashqari); 
chig‘anoq tosh-ohaktosh (qoplanadiganidan tashqari); 
xarsangtosh; 
- kvartsit (kremniy karbidi, kristall kremniy va ferroqorishmalar ishlab chiqarish 
uchun dinasli, flyusli, qoplanadigan, temirlilaridan tashqari); 
- mergel (bituminozli va tsement sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari); 
- qum (qoliplash, shisha, chinni buyumlarni ishlab chiqarishga yaroqli, o‘tga 
chidamli va tsement sanoatida ishlatiladiganlaridan tashqari); 

qumtoshlar 
(bituminozli, 
qoplanadigan, 
dinasli 
va 
shisha 
sanoatida 
ishlatiladiganlaridan tashqari); 
- slanets (yonadigan va tom yopishda ishlatiladiganlaridan tashqari); 
- qumoq tuproq (tsement sanoatida foydalanishga yaroqlilaridan tashqari); 
- magmatik, vulkanogen va metamorfik turlar (qoplanadigan, dekorativ, o‘tga va 
kislotaga chidamli materiallarni ishlab chiqarish uchun, tosh quyish va mineral vata, 
shuningdek tsement sanoatida ishlatishga yaroqlilaridan tashqari). 
2012 yil uchun soliq va majburiy to‘lovlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori bilan belgilangan. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin