92
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari (%da)
(Qarorga 17-ilova)
Yuridik shaxslar
3,5
O‘zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining erkin almashtiriladigan
valyutadagi ulushi quyidagi miqdorlarni tashkil etadigan eksportchi korxonalar uchun, bundan
ro‘yxati Prezidentning 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan xom
ashyo tovarlari mustasno:*
sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha
belgilangan stavka 30%ga
pasaytiriladi
sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori
belgilangan stavka 50%ga
pasaytiriladi
*) Belgilangan (me’yoriy) muddatlarda ishga tushirilmagan uskunalar va tugallanmagan
qurilish qiymatiga pasaytirilgan stavkalar qo‘llanilmaydi.
Izoh: Me’yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‘i ikki baravar
stavkada to‘lanadi.
MISOL. Ishlab chiqarish korxonasi o‘zi ishlab chiqargan
mahsulotlarini eksport
qiladi va quyidagi ko‘rsatkichlarga ega: hisobot choragi uchun mol-mulk solig‘ini
hisoblab chiqarish uchun mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati - 6 000 ming so‘mni;
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan sof tushum hisobot davriga - 16 000 ming
so‘mni, shu jumladan eksport hajmi - 4 000 ming so‘mni tashkil qiladi.
Hisobot davrida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotishdan tushumda eksportning
hajmi 25% (4 000/16 000 x 100%)ni tashkil qiladi. Shunday qilib, korxona imtiyozdan
foydalanish va soliq stavkasini 30%ga pasaytirishga haqli, bunda soliq stavkasi 2,45%ni
(3,5 x 70%) tashkil qiladi.
Imtiyozni hisobga olgan korxona hisobot davri uchun mol-mulk solig‘ini 147 (6 000
x 2,45%) ming so‘m miqdorida to‘lashi kerak.
Shunga e’tibor berish kerakki, realizatsiya oborotlari yil davomida o‘sib
boruvchi
yakun bilan aniqlanadi. Shuning uchun imtiyozlarni hisobga olib, yakuniy hisob-kitobni
yil oxirida qilish mumkin.
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar har oyda joriy to‘lovlarni to‘laydilar,
mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy to‘lovlar summasi tegishli yil
uchun mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqarilgan mol-mulk solig‘i yillik summasining o‘n
ikkidan bir
qismi miqdorida belgilanadi. Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq
to‘lovchi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga belgilangan
shakldagi ma’lumotnomani joriy yilning 10 yanvarigacha taqdim etadi.
Byudjetga joriy to‘lovlarni to‘lash har oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga
oshiriladi.
Mol-mulk solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq
xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan
keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik Moliyviy
hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
93
To‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i summasi hisob-kitoblarni topshirish
uchun belgilangan kundan kechiktirmay byudjetga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘yicha mol-mulk solig‘ini hisoblab
chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan
kelib chiqqan holda
quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan
mamlakatimiz norezidenti doimiy muassasaning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to‘g‘risidagi
ma’lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvaridan kechiktirmay taqdim
etishi shart. Taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi mol-mulk
solig‘i summasi hisob-kitobini o‘n kun ichida amalga oshiradi va to‘lov xabarnomasini
yozadi;
Yüklə
Dostları ilə paylaş: