88
mustahkamlash bo‘yicha respublika Komissiyasi tomonidan bir oydan yigirma to‘rt
oygacha muddatga beriladi.
Oxirgi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra joriy aktivlar summasining jami 20 foizidan
ortiq miqdordagi qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
hamda
Moliyviy sanktsiyalarni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy
ichida soliq qarzi oyma-oy bo‘lib to‘langan holda amalga oshiriladi. To‘lashni
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliq qarzining hammasiga yoki uning bir qismiga
nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya hisoblash ular bo‘yicha qarzni
to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilish davri boshlanishidan
e’tiboran to‘xtatib turiladi.
Soliq qarzini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash
imkoniyatini berish
tartibi Byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash
muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish, penya hisoblashni
to‘xtatish, shuningdek penya va jarima sanktsiyalarini hisobdan chiqarish tartibi
to‘g‘risida nizomga
(AV tomonidan 14.01.2005 yilda 1442-son bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan) muvofiq belgilanadi. Ushbu qoidalar bojxona to‘lovlarini
va davlat bojini
to‘lashga tatbiq etilmaydi. Bojxona to‘lovlarini va davlat bojini to‘lashda bu qoidalar
bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi.