U. A. Nurmanov toshkent 2016


Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari -


səhifə37/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari - SKning 179-
moddasida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari turlari to‘liq 
keltirilgan, ularning bir qanchasi quyidagilardir: 
- moddiy yordam summalari: 
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari - 
to‘laligicha; vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi 
munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - EKIHning yigirma 
baravarigacha miqdorda; 
boshqa hollarda - soliq davri uchun EKIHning o‘n ikki baravarigacha miqdorda;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona 
mulkdori, fermer xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi; 
- jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni 
sotishdan olinadigan daromadlar, bundan: 
qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasidagi (ustav 
kapitalidagi) ulushlarini (paylarini); 
yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni; 
ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida ikki martadan ortiq bitim tuzilgan 
taqdirda, uy-joylarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar mustasno;
- uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida etishtirilgan hayvonlarni 
(qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda 
hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta 
ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik 
mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bog‘dorchilik 
(gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar soliq to‘lovchi tegishli mahalliy 
davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, 
uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya 
qilingan mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan er 
uchastkasida etishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan 
taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi; 
- jamg‘arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, 
shuningdek banklar va kredit uyushmalaridagi omonatlar bo‘yicha foizlar hamda 
yutuqlar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin