U. A. Nurmanov toshkent 2016


MISOL. Korxona xodimiga navbatdagi yillik ta’til 2011 yil 1 martdan 24 ish


səhifə35/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

MISOL. Korxona xodimiga navbatdagi yillik ta’til 2011 yil 1 martdan 24 ish 
kuni (asosiy ta’til - 15 kun va qo‘shimcha ta’til - 9 kun) muddati bilan berildi. 2011 
yil mart oyida mehnat ta’tiliga chiqishdan oldingi 12 kalendar oy uchun ish haqi 
miqdor 2 260 ming so‘m, shu jumladan tarif bo‘yicha 2 150 ming so‘m va tarifdan 
yuqorisi 1 100 ming so‘mni tashkil qiladi. 
Hisob-kitob kuniga tarif bo‘yicha ish haqi - 190 000 so‘m. 
Ta’til vaqtiga haq summasi quyidagicha hisoblanadi: 
Ta’til vaqtiga haq summasini aniqlash uchun asos qilib Vazirlar Mahkamasining 
1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab 
chiqarish tartibining 1-bandiga muvofiq hisoblanadigan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi 
olinadi. 
Ushbu holatda xodimning o‘rtacha oylik ish haqi quyidagini tashkil etadi: 
190 000 + 110 000 / 12 =199 166,7 so‘m,
bu erda: 
190 000 - tarif stavkasi, 
110 000 - tarif stavkasidan yuqori summalar, 
12 - oylar. 
Ta’til vaqtiga haq to‘lash uchun summalarni olti kunlik ish haftasi bo‘yicha 
hisoblaganda oyning o‘rtacha davomiyligi 25,4 kun deb olinadi. 
Xodimga hisoblangan ta’til vaqtiga haq summasi 188 189,01 (199 166,7 / 25,4 x 24) 
so‘mni tashkil etadi. 
Moddiy naf tarzidagi daromadlar –
1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni to‘lash, shu jumladan: 
jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitish, 
tarbiyalash; 
kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish 
xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini 
to‘lash; 
sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va 
ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; 
yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlari
2) soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekinga, shu jumladan hadya 
shartnomasi asosida berilgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
qiymati;


54 
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi 
va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi 
qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy tafovut; 
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya, daryo, avtomobil 
transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar summasi; 
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan 
hisobdan chiqarilgan summalari; 
6) ish beruvchi tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, xodimdan ushlab qolinishi 
lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar. 
Soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olgan taqdirda, ushbu 
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aktsiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan qiymat 
solig‘i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
qiymatida aktsiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasi hisobga 
olinadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin