U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq to‘lash tartibi (164-modda)


səhifə31/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq to‘lash tartibi (164-modda). Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar, 
ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini 
aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat 
soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan 
foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan 
kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi 
haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 10-
kunidan kechiktirmay ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan 
yil choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir 
qismi miqdorida to‘lanadi. Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda 
eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq 
to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi. 


51 
Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun 
byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 
summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati 
organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy 
summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish 
muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni 
to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida 
to‘laydi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin