47
miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan
oshmasligi kerak
(Soliq kodeksining 120-moddasi, Soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarga penya hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom).
MISOL. 2011 yil uchinchi choragi uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig‘i hisob-kitobida korxona xatoga yo‘l qo‘yib, xodimlarga Mustaqillik kuniga
to‘langan 9 000 ming so‘m miqdoridagi mukofotni chegiriladigan
xarajatlar tarkibiga
kiritdi. Xato 2010 yil aprelida aniqlandi.
Bayram sanalari munosabati bilan xodimlarga to‘langan mukofotlarning summalari
Soliq kodeksi 147-moddasining 21-bandiga ko‘ra chegirilmaydigan xarajatlarga kiradi.
Binobarin, ular chegiriladigan xarajatlar tarkibiga noto‘g‘ri kiritilgan.
Ushbu xatoni tuzatish uchun byudjetga 810 ming so‘m (9 000 000 x 9%) foyda
solig‘i o‘tkazish lozim.
Foyda solig‘i kam to‘langanligi natijasida obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i amalda 72 ming so‘m (900 000 x 8%) ortiqcha
to‘langan.
Bundan
tashqari, soliqlar bo‘yicha to‘lov kechiktirilgan har bir kun uchun, 2011
yilning 26 oktyabridan boshlab to‘lash kuniga qadar, 0,05% miqdorida penya to‘lanishi
kerak.
Chunonchi, agar soliq 2012 yil 25 aprelda to‘lansa, penya to‘lash kunini hisoblagan
holda 182 kunga hisoblab yoziladi.
Boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalarga teng
qarz summasiga penya hisoblab yozilmasligi sababli,
mazkur vaziyatda penya farqqa,
ya’ni 738 ming so‘mga (810 000 - 72 000) hisoblab yoziladi.
2011 yilda xatoga yo‘l qo‘yilganligini hisobga olib, foyda solig‘i shuningdek 2011
yil 26 oktyabrdan 2012 yil 1 yanvarga qadar davr uchun hisoblab yozilgan penya
summasi taqsimlanmagan foyda hisobiga qo‘shimcha hisoblab yoziladi, 2012 yil 1
yanvardan boshlab soliq to‘lash paytiga qadar bo‘lgan davr uchun qo‘shimcha
hisoblab
yozilgan penya esa joriy yilda korxonaning boshqa xarajatlariga kiritiladi. Soliq
solinadigan foydani belgilash chog‘ida penya summasi Soliq kodeksi 147-moddasining
25-bandiga asosan chegirilmaydi.
Mazkur vaziyatda foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovni kechiktirganlik uchun to‘lanadigan
penya summasi 67 158 so‘mni (828 000 x 182 x 0,05%), shu jumladan
Yüklə
Dostları ilə paylaş: