U. A. Nurmanov toshkent 2016


-Rasm. Makroiqtisodiyot darajasida soliq hisobining kelib chiqishi


səhifə2/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

 
1-Rasm. Makroiqtisodiyot darajasida soliq hisobining kelib chiqishi. 
Bu diagramma orqali buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tizimining o‘zaro 
bog‘liqligini optimal nuqtalarini topish printsipial ahamiyatga ega. Bu bog‘liqlikning 
optimal nuqtasi – bu soliq hisobining kelib chiqishidir. 
Ma’lumotlardan foydalanuvchilar manfaatiga qarab hisobning uchta turi bo‘lib, 
ular Moliyviy, boshqaruv va soliq hisoblaridir. Bularning har birining o‘z maqsadi, 
vazifasi va metodologiyasi bor. 
Buxgalteriya hisobining bu 3 turi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bu bog‘liqlikni 
ham Venn diagrammasi tarzida aks ettirish mumkin (2-rasm). 
Buxgalteriya 
hisobi 
Soliq 
hisobi 
Soliqqa 
tortish
 


- 4 - 
Shuni qayd qilish lozimki, bugungi kungacha soliq hisobi tushunchasi iqtisodchi 
olimlar va amaliyotchilar tomonidan turlicha talqin etib kelinmoqda. 
 
 
 
 
 
 
 
2-Rasm. Buxgalteriya hisobi turlari o‘zaro bog‘liqligining
Venn diagrammasi. 
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 25-bobi 313-moddasida soliq 
hisobi quyidagicha ta’riflangan: «Soliq hisobi – boshlang‘ich hujjatlar asosida foyda 
solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish bazasini aniqlash uchun Soliq kodeksida belgilangan 
tartibga mos ravishda guruhlangan ma’lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir»
17

Bu ta’rifda soliq hisobi faqat foyda (daromad) solig‘ini soliqqa tortish bazasini 
aniqlash uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar tizimini ko‘zda tutgan. Shu sababli, soliq 
hisobiga tor ma’noda ta’rif berilgan. Bizning fikrimizcha, soliq hisobining ob’ekti faqat
foyda solig‘i emas, balki u yoki bu mamlakatda amal qilayotgan barcha soliq turlari
hisoblanadi.
Rossiya Federatsiyasining Soliq kodeksi 25-bob, 313-moddasida quyidagicha 
yozilgan: «Soliq to‘lovchilar hisobot (soliq) davri natijasiga ko‘ra soliqqa tortish bazasini 
soliq hisobi ma’lumotlari asosida hisoblaydi». O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksining «Soliqni hisobga olish» deb nomlangan 10-moddasida quyidagicha yozilgan: 
«Yuridik shaxslarning daromadlari va soliqlarini hisoblab chiqish uchun ular bo‘yicha 
tegishli chegirmalar, to‘lov to‘langan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’iy nazar, ular 
taalluqli bo‘lgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq aks ettiriladi». 
Bu qiyoslashdan xulosa shuki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi 
tahririda «soliq hisobi» alohida moddada bayon etilgan. Bunda respublikamiz iqtisodiyoti 
va soliq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, «soliq hisobi»ga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Soliq hisobi – mustaqil faoliyat yurituvchi barcha jismoniy va yuridik 
sub’ektlarning soliq va majburiy to‘lovlari bo‘yicha soliq tortish bazasini aniqlash uchun 
zarur bo‘lgan boshlang‘ich ma’lumotlarni hisobga olish tizimidir.
Ushbu ta’rifga asoslangan holda soliq hisobining vazifasini, maqsadini quyidagicha 
bayon etish mumkin. 
Soliq hisobining vazifasi – bu hisobot davrida soliq va majburiyat to‘lovlarni 
to‘g‘ri hisoblash uchun zarur bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni hisobga olish, hamda ichki 
va tashqi foydalanuvchilarni zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat. 
Buxgalteriya hisobi tarkibiga «soliq hisobi»ni kiritish natijasida hisob turlarining 
tasnifi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. (3-rasm).
17
Nalogoviy kodeks Rossiyskoy Federatsii (chast vtoraya). Glava -25, statya 313.M.: Vershina, 2005. s. 
177. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin