U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq hisobining predmeti va ob’ektlari


səhifə5/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

 
1. Soliq hisobining predmeti va ob’ektlari. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, shu jumladan soliq 
hisobi predmetiga bozor modelini o‘zida aks ettiruvchi ta’rifini berish nazariy ahamiyatga 
ega. 
Soliq hisobining predmeti va ob’ektiga umumqabul qilingan buxgalteriya 
hisobining predmeti va ob’ektini evolyutsiyaviy rivojlanish tarixidan kelib chiqishi kerak. 
Buxgalteriya hisobining predmeti faqat individual kapitalning aylanishi emas, balki 
barcha kapitalning aylanishi bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining predmeti bo‘lib turli mulk shaklidagi iqtisodiy 
sub’ektlarning umumxo‘jalik faoliyatini tashkil qiluvchi jarayonlar, operatsiyalar va 
ularning natijalari, shuningdek ushbu faoliyatni uzluksiz yuritilishini ta’minlovchi aktivlar 
va ularning shakllanish manbalarining holati va harakati hisoblanadi
23

Soliq hisobining predmetiga ta’rif berishda hisob va soliqqa tortish nazariyasi 
nuqtai nazardan kelib chiqishi kerak. Soliq hisobi predmetining ta’rifida hisob va soliqqa 
tortish nazariyasining asosiy tamoyillari o‘z aksini topishi zarur.
Soliq 
hisobining 
predmeti 
deganda 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va 
tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyatini yuritish asosida soliqlar va majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha kelib chiqadigan majburiyatlarni hisoblash, to‘lash va tahlil qilish tushuniladi. 
Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobining predmeti soliq hisobi 
predmetiga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, soliq hisobi buxgalteriya hisobi predmetining 
tarkibiga kiradi va uning mohiyatini yanada aniqlashtiradi. 
Soliq hisobining sub’ekti bo‘lib soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar 
hisoblanadi. 
Soliq hisobining ob’ektlarini aniqlashda bevosita buxgalteriya hisobining ob’ektiga 
murojaat qilishimiz kerak. Chunki buxgalteriya hisobining ob’ektlari Moliyviy, 
boshqaruv va soliq hisoblari ob’ektining asosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 4-
moddasida «Buxgalteriya hisobi ob’ektlari. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, 
xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning 
23
Urazov K.B. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining konseptual masalalari. 
Toshkent. Fan. 2005. 68-b. 


- 13 - 
harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining 
ob’ektlaridir»
29
deb ko‘rsatilgan bo‘lib, ob’ektga ta’rif berilmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, soliq hisobining ob’ekti bu «Korxonalarda 
ro‘y bergan xo‘jalik operatsiyalar, aktivlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar va foyda soliq hisobining ob’ektlaridir».
Buni quyidagi sxema tarzida 1-rasmda aks ettirildi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin