U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə3/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Moliyaviy
hisob 
Soliq 
hisobi 
Boshqaruv
hisobi 


- 5 - 


- 6 - 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3- Rasm. Hisob turlarining tasnifi. 
Xo‘jalik hisobi 
Operativ hisob
Buxgalteriya hisobi 
 
Statistik hisob 
 
 
Moliyaviy hisob 
 
Kreativ hisob 
 
Ijtimoiy hisob 
Inson resurslari hisobi 
Soliq hisobi 
Boshqaruv hisobi 
Strategik hisob 
 
Ekologik hisob 
Boshqaruv qarorlari 
Insayderlar bilan 
ishlash bo‘yicha 
isob 
 
 
 
 
 
Moliyaviy hisobot 
 
 
 
Soliqlar bo‘yicha 
hisobot 


- 7 - 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi Moliyviy, boshqaruv va soliq 
hisoblaridan tashkil topgan. Moliyviy, hisobning yakuni sifatida Moliyviy hisobotlar 
tuzilsa, boshqaruv hisobi natijasida boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi, soliq hisobining 
yakuniy natijasida esa -soliqlar bo‘yicha hisobot tuziladi. Moliyviy boshqaruv va soliq 
hisoblari bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, bir-birini ma’lumotlar bilan to‘ldiradi. Bu esa, 
buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni 
to‘liq olish imkoniyatini beradi. 
2. Soliq hisobini tashkil etishning xorij tajribasi. 
Soliq hisobini tashkil etishda, xorijiy mamlakatlarda soliq hisobining mavjudligi va 
ular tajribasini o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish 
tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikka asosan buxgalteriya hisobining quyidagi metodlari mavjud: 
«kontinental», «inglizsakson», «janubiy amerika», «islom». 
Buxgalteriya hisobining modellarini ko‘rib chiqishda ishlab chiqarishi va sanoati 
rivojlangan Germaniya, AQSh, Rossiya, Frantsiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya 
mamlakatlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Chunki, birinchidan, bu mamlakatlarda buxgalteriya hisobining tamoyillari bir-biridan 
farq qiladi. Ikkinchidan, bu mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va hisoboti xalqaro 
standartlarining asosi yaratilgan va ular BHXS rivojlanishiga ta’sir qiladi. Uchinchidan 
esa, bu mamlakatlar respublikamizda buxgalteriya hisobining shakllanishi va 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan mamlakatlardir. 
Bu modellar qaysi mamlakatlarda amal qilinishi va u yoki bu modelning ijobiy 
tomonlariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Kontinental modelda buxgalteriya hisobi tizimi bevosita soliqqa tortishning 
tamoyillari, qoidalari asosida shakllanadi va yuritiladi. Bu model tashkil qilinganda, 
Moliyviy buxgalteriya hisobi bilan soliq hisobining ko‘rsatkichlari mos keladi. Shuning 
uchun ham adabiyotlarda «kontinental» model ba’zan «soliq» modeli ham deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobining kontinental modeli asosida milliy hisob tizimini tashkil 
qilgan mamlakatlarga Germaniya, Shvetsiya, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, 
Shveytsariya, Yaponiya va boshqalar kiradi. Bu mamlakatlarda buxgalteriya hisobining 
soliqqa tortish tizimiga bog‘liqlik darajasi har xil. Germaniyada bu holat o‘ta kuchli 
bog‘langan bo‘lsa, Frantsiyada kuchli ta’sirda, boshqa mamlakatlarda kuchsizroq 
bog‘liqlikda bo‘lib kelmoqda. 
Yaponiyada buxgalteriya hisobi kontinental modeli asosida tashkil qilingan 
bo‘lsada, Moliyviy hisobni yuritishda nemis va amerika tamoyillarining ba’zi elementlari 
amaliyotda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda Yaponiyada buxgalteriya hisobining tamoyillari 
bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda shakllantirilmoqda. 
Yaponiyada buxgalteriya hisobining standartlari Tijorat kodeksi va «Qimmatli 
qog‘ozlar va birjalar to‘g‘risida»gi qonunlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. 
Tijorat kodeksi kreditorlar huquqini himoya qilishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi hujjat esa, 
aktsionerlar huquqini himoya qiladi. Bu mamlakatda buxgalteriya hisobi tamoyillari 
MOLIYA vazirligi huzuridagi «Buxgalteriya hisobi metodologiyasi bo‘yicha kengash» 
tomonidan ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq qilinadi. 
Yaponiya milliy daromadlarining 29,9 foizi daromad solig‘i, 26,2 foizi korporativ 
soliq, 23,1 foizi iste’mol solig‘i hisobiga shakllanadi. 
Yaponiyada soliqqa tortiladigan foydani hisoblashda Tijorat kodeksida ko‘rsatilgan 
Moliyviy hisobning qoidalari qo‘llaniladi. Shuning uchun ham Yaponiyada soliqqa tortish 
tizimining Moliyviy buxgalteriya hisobiga ta’siri kuchsizroqdir. 


- 8 - 
Kontinental modelning ijobiy tomoni quyidagilardan iborat: 
- oddiylik va hisob metodologiyasining yagonaligi (ya’ni moliyviy hisobot yagona 
qoidaga asosan tuziladi); 
- daromad pul kelib tushgandan keyin tan olinadi; 
- yagona hisob tizimi mavjudligidan ikki xil moliyviy natija kelib chiqmaydi 
(aktsionerlar va soliq organlari uchun). 
Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishning o‘zaro bog‘liqligining kontinental 
kontseptsiyasi XIX asrda Prussiyada vujudga kelgan va bu qoidaga asosan balans 
foydasining summasi foydaning soliqqa tortish bazasiga teng bo‘lishi kerak. Bu 
modelning asosiy xususiyati shundan iboratki, bunda Moliyviy hisobot davlat soliq 
organlari manfaatini ko‘zlab tuziladi. 
Buxgalteriya hisobining «inglizsakson» yoki «ingliz-amerika» modeli asosan 
qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari rivojlangan mamlakatlarda amal qiladi. Bu model 
investorlar va kreditorlar manfaatlarini hisobga olgan holda yuritiladi. Mazkur model 
amal qilayotgan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi davlat tomonidan tartibga solinmaydi. 
Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari buxgalterlar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab 
chiqiladi, davlat organlari shu tamoyillarni tan oladi. 
Buxgalteriya hisobining «inglizsakson» modeli quyidagi mamlakatlarda amal 
qiladi: Avstraliya, Buyuk Britaniya, Zimbabve, Isroil, Hindiston, Irlandiya, Kanada, 
AQSh, Pokiston va boshqalar. Bu mamlakatlarda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish 
tizimlari o‘rtasida kuchsiz bog‘lanish bor. Ba’zi mamlakatlarda bu tizimlar o‘rtasida 
bog‘lanish yo‘q bo‘lib, Moliyviy va soliq hisoblari parallel holda yuritiladi. Masalan, 
AQShning katta korporatsiyalarida Moliyviy va soliq hisoblari alohida olib boriladi. 
AQShda buxgalteriya hisobi bilan soliq hisobining asosiy farqi amortizatsiya ajratmalarini 
hisoblash metodi va xarajatlarni tan olishidadir. Buning asosiy maqsadi korxonaning 
Moliyviy natijalarini to‘g‘ri va aniq hisoblashdir. 
Rossiya Federatsiyasida buxgalteriya hisobi tizimi oldin kontinental model asosida 
rivojlangan bo‘lib, uning shakllanishida frantsuz va nemis maktablarining ta’siri katta 
bo‘lgan. Rossiyada buxgalteriya hisobining rivojlanishida hisobning tarixiy o‘ziga xosligi 
ham alohida ahamiyat kasb etgan. 
Rossiyada 2000 yildan keyin buxgalteriya hisobi tizimida «ingliz-sakson» 
modelining tamoyillari shakllana bordi. Buning asosiy sababi – Rossiya iqtisodiyotiga 
transmilliy kompaniyalarning kirib kelishi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi sababi Rossiyani jahon 
iqtisodiy integratsiyasiga intilishidir. Yana bir sababi, Rossiya buxgalteriya hisobi 
tizimining Moliyviy hisob va hisobotning xalqaro standartiga o‘tishidir. Bularning 
ta’sirida Rossiyada soliq hisobi paydo bo‘ldi va rivojlandi. 
Rossiya Federatsiyasida 2002 yildan boshlab moliyviy, boshqaruv hisoblari bilan 
birgalikda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soliq hisobini ham yuritmoqda. Bunga asos 
bo‘lib Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 25-bobiga Soliq hisobi tushunchalarini 
kiritilishidir, ya’ni ushbu kodeksning 313-moddasi «Soliq hisobi. Umumiy tartiblar» deb 
ataladi. Ushbu moddaga asosan soliq to‘lovchilar soliq hisobi tizimini mustaqil ravishda 
tashkil qilishlari zarur. Soliq hisobini yuritish tartibi, soliq to‘lovchi tomonidan soliq 
hisobi siyosatini ishlab chiqishda o‘rnatiladi. 
Iqtisodchi olimlar tomonidan nafaqat soliq hisobi qaysi mamlakatlarda amal qilishi, 
balki soliq hisobi qaysi mamlakatlarda mavjud emasligi hamda uning sabablari ham 
o‘rganilgan. Jumladan: O.N.Volkovaning yozishicha, Portugaliyada soliq hisobining 
mavjud emasligi buxgalteriya hisobining yuqori darajada soliqqa tortish maqsadiga 
bo‘ysundirilganligidadir. Soliq organlari to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita hisob 


- 9 - 
metodologiyasini shakllantiradi. Shu asosida alohida soliq hisobini yuritishga zaruriyat 
bo‘lmaydi. 
Ya.V.Sokolovning fikricha, Frantsiyada soliq hisobining mavjud emasligi, 
Frantsiya buxgalteriya hisobi intizomining huquqiy mohiyatidan, ya’ni hisob tamoyillari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat va soliq qonunchiligidan kelib chiqadi. Korxonalar soliq bo‘yicha 
majburiyatlarini aniqlashda buxgalteriya hisobida aks ettirilgan foydani korrektirovka 
qilish jadvalini to‘ldiradi. Shu asosida buxgalteriya hisobida aniqlangan foyda summasi 
bilan soliqqa tortish bazasi o‘rtasida farq bo‘lmaydi. 
S.Qodirxonov 
va 
Sh.Mamatqulovlarning 
e’tirof etishicha, Xitoy Xalq 
Respublikasida soliq hisobining mavjud emasligi quyidagilar bilan bog‘liq. Buxgalteriya 
hisobini me’yoriy tartibga solish, soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyviy 
hisobotni tayyorlash va topshirishning qat’iy tartibi mavjud. Xitoy Xalq Respublikasining 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunida barcha korxonalar moliyviy hisobotni 
maxsus talablariga binoan tayyorlashlari lozimligi ta’kidlangan. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, turli mamlakatlarda buxgalteriya hisobi bilan 
soliqqa tortish mexanizmlari o‘rtasida bog‘lanish turlicha. Bundan mamlakatlar 
iqtisodiyotida soliq hisobining tutgan o‘rni har xil bo‘lib, ular tajribasini o‘rganib, 
mamlakatimiz buxgalteriya hisobi va soliq siyosatini takomillashtirishda foydalanish 
kontseptsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Soliq hisobining xorijiy mamlakatlarda qanday tashkil etilganligini o‘rganishdan 
asosiy maqsad, ular tajribasidan Respublikamiz buxgalteriya hisobi tizimini tashkil 
etishda foydalanishdir. Shuni alohida qayd etishimiz kerakki, xorij tajribasini olib, ko‘r-
ko‘rona tadbiq etish emas, balki respublikamiz buxgalteriya hisobi tizimining o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanishimiz zarur bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimiga soliq hisobini qo‘llash 
muammosini hal etishdan oldin, hisob tizimimiz qaysi buxgalteriya hisobi modeliga 
yaqinroq degan savolga javob berishimiz kerak. 
Mamlakatimiz buxgalteriya hisob tizimining qaysi hisob modeliga tegishli yoki 
yaqinroq degan savolga javob berishda mavjud omillarni hisobga olishimiz maqsadga 
muvofiq. Bu omillar quyidagilar: 
1. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning manfaatlari. 
2. Korporativ boshqaruv modeli. 
3. Investorlar huquqini himoya qilish darajasi. 
4. Kapital bozorining kimga qaratilganligi (orientiri). 
5. Moliyviy hisobning soliqqa tortish tizimiga nisbatan bo‘lgan mavqei. 
Keyingi yillarda qabul qilingan qonunlar, respublikamizda buxgalteriya hisobining 
halqaro standartlari asosida milliy standartlarning ishlab chiqilishi, soliq qonunchiligining 
rivojlanishi va soliq siyosatining takomillashishi mamlakatimiz hisob tizimini 
«kontinental» model asosida olib borilmoqda degan asos yo‘q. Chunki amaliyotda 
buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishning ob’ektlari bo‘lgan bir qator kategoriyalarni 
aniqlashda soliq tizimi va buxgalteriya hisobida har xil usullar qo‘llanilmoqda. Masalan, 
asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalar summasini aniqlashda, farq kelib 
chiqadi. Bu masalaning echimini topishda soliq hisobining elementlarini qo‘llashga 
zaruriyat tug‘iladi. 
Ikkinchidan, soliq qonunchiligimiz moliyviy buxgalteriya hisob ma’lumotlari 
asosida aniqlangan Moliyviy natijalarni soliqqa tortish maqsadida tan oladi. 


- 10 - 
Uchinchidan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining soliq hisobotlarini tuzishda 
Moliyviy hisob axborotlaridan foydalangan holda tuzadi. To‘g‘ri moliyviy hisob 
axborotlari soliqqa tortish maqsadida korrektirovka qilinadi va o‘zgartirishlar kiritiladi. 
To‘rtinchidan, soliq qonunchiligi, shu jumladan, Soliq kodeksiga 1997 yildan beri 
250 ga yaqin o‘zgartirishlar kiritildi, qo‘shimcha 1300 ta me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 
Buning natijasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlariga 
ham o‘zgartirishlar kiritilishi zaruriyati tug‘ildi. Bu holat, soliqqa tortish tizimini 
buxgateriya hisobi tizimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda degan xulosani keltirib chiqaradi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizda amal qilayotgan buxgalteriya 
hisobi tizimi «Ingliz-Amerika»– «Inglizsakson» modeli yo‘nalishida rivojlanmoqda. Bu 
bilan bizda respublikamiz buxgateriya hisobi tizimi xuddi AQSh yoki Buyuk Britaniya 
mamlakatlaridagi hisob tizimidek degan fikr tug‘ilmasligi kerak. Bizda Moliyviy va soliq 
hisoblari «avtonom» holda yuritilmaydi. Bu to‘g‘risida hali me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
qabul qilinmagan. Masalaning ikkinchi tomoni bor, u yoki bu mamlakat hisob tizimidan 
bizga mos tomonlarini olib, o‘zimizning xususiyatlarini hisobga olgan holda qo‘llashimiz 
zarur.
Bu borada bizning ba’zi mulohazalarimiz mavjud. 
Birinchidan, respublikamizda amal qilayotgan Soliq kodeksining yangi tahririni 
ishlab chiqilishda Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksidek alohida moddada «soliq 
hisobini Moliyviy hisob asosida tashkil etish» ko‘zda tutilishi kerak. Bu esa, 
mamlakatimizda soliq hisobini tashkil etish va olib borish uchun me’yoriy – huquqiy asos 
bo‘ladi. 
Ikkinchidan, Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 25-bobida e’tirof etilgan, 
iqtisodchi omillar tomonidan takomillashtirilgan soliq hisobi registrlari shaklidan 
foydalangan holda, respublikamiz amaliyotiga moslashtirilgan shaklini ishlab – chiqish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Soliq hisobi registrlari, schyotlar rejasini ishlab – chiqish borasida Rossiya 
Federatsiyasi MOLIYA vazirligi, Soliqlar va yig‘imlar vazirligi, hamda iqtisodchi olimlar 
tomonidan ancha ishlar amalga oshirilgan. 
Jumladan, soliq hisobi registrlari ishlab chiqilgan. Soliq hisobi registrlari 51 ta 
shaklda bo‘lib, ular 5 ta guruhga birlashtirilgan. Ular qog‘oz va elektron shakllarda bo‘lib, 
Rossiya Federatsiyasining Soliq kodeksi tomonidan maxsus talablar qo‘yilmagan. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar registrlarda aks ettirilgan xo‘jalik operatsiyalarining 
to‘g‘riligiga javob beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, soliq hisobi registrlarini yuritish, 
korxonalarni Moliyviy xo‘jalik faoliyatini operatsiyalarini soliqqa tortish maqsadida to‘liq 
va uzluksiz aks ettirish tamoyiliga asoslanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlari faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib, 
tegishli hisob registrlarini yuritadi, zaruriyat tug‘ilganda, registrlarga qo‘shimcha 
rekvizitlar, ko‘rsatkichlar, bo‘limlar kiritishlari mumkin. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shunday hulosa qilishimiz mumkin: 
- soliq hisobi registrlarini soliq to‘lovchilar tomonidan mustaqil ravishda yuritishni 
tashkil qilish; 
- xo‘jalik operatsiyalarini to‘liq aks ettirish, moliyviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida 
to‘liq ma’lumot olish maqsadida registrlarga qo‘shimchalar kiritishlari mumkin; 
- soliq hisobi registrlarini yuritishdan asosiy maqsad – har bir soliq turi bo‘yicha 
soliqqa tortish bazasini to‘g‘ri aniqlash. 
Rossiya Federatsiyasi Soliqlar va yig‘imlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 
hozirda amaliyotda qo‘llanilayotgan soliq hisobi registrlari shakllaridan mamlakatimiz 


- 11 - 
amaliyotida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ulardan foydalanishda iqtisodiyotimiz va 
soliq siyosatimiz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, soliq to‘lovchilar faoliyatini 
hisobga olgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘ladi. Bu registrlarni yuritish 
har bir soliq turi bo‘yicha hisobning analitik mohiyatini yanada oshiradi. 
Rossiya Federatsiyasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida moliyviy va soliq hisoblari 
quyidagi sxemada yuritiladi (4-rasm). 
Bundan ko‘rinib turibdiki moliyviy va soliq hisoblarini bir-biridan umuman ajratish 
mumkin emas, chunki soliq hisobi va uning registrlarini yuritish juda murakkab 
jarayondir. Bu murakkablikning soliq hisobini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish 
asosida echimi topiladi.
Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasida soliq hisobini yuritishda quyidagi axboriy 
tizimlar (AT) qo‘llanilmoqda:
«1S: Buxgalter», «1 S:Predpriyatiya 7.7.», «Nalogoviy uchet 1.0» va boshqalar. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin