U. A. Nurmanov toshkent 2016


tashkil etuvchi qoidalar tizimidir


səhifə9/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

tashkil etuvchi qoidalar tizimidir. 
Bu ta’rifga va yuqoridagilarga asoslangan holda soliq hisobining tamoyillariga 
quyidagilar kiradi: ikki yoqlama yozish, davriylik, soliqlar bo‘yicha majburiyatlarni tan 
olish, daromat va xarajatlar mos kelishi, konunlar bilan mustaxkamlanganlik tamoyillari. 
Soliq hisobi predmeti va tamoyillarining o‘ziga xosligi uning metodini ham 
aniqlashga imkon yaratadi. Bevosita metod va usullar yordamida soliq hisobining ob’ekti 
o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobining, shu jumladan soliq hisobining metodi va usullarini 
aniqlashda bevosita ularning maqsadi, funktsiyasi, vazifasi hamda metodologiyasini 
hisobga olishimiz kerak. Soliq hisobining metodi umumqabul qilingan buxgalteriya 
hisobining metodi va usullariga asoslanishdan tashqari, o‘zining maxsus metod va 
usullariga ega. 
Soliq hisobining metodi – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xo‘jalik 
operatsiyalari, aktivlari, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar
daromad, xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi usullar majmuasidir. 
Shunday qilib, soliq hisobining tamoyillari va metodini belgilab oldik. Tamoyillar va 
metodga asoslangan holda soliq hisobini olib borish metodologiyasining nazariy 
muammolarini echishga harakat qilamiz. Soliq hisobotini olib borish metodikasi bo‘yicha 
ham mutaxassislarning fikrlari har xil.
Ikkinchi pog‘ona standartlarida har bir soliqning aniq turi va soliq hisobi 
jarayonlari va soliq hisobi bo‘yicha soliq hisobini yuritish tartibi hamda buxgalteriya va 
soliq hisoblarining o‘zaro bog‘liqligi belgilanadi. Soliq hisobining hisob siyosati ikkinchi 
pog‘ona standarti hisoblanadi.
Uchinchi pog‘ona standartlari bo‘lib, soliq hisobini olib boruvchilar ishlarini 
aniqlashtiruvchi va tartibga soluvchi nizomlar va yo‘riqnomalar hisoblanadi». Soliq 
hisobini tashkil etishning quyidagi variantlari mavjud (2-rasm).
1. Soliq hisobi siyosatini tasdiqlash asosida soliq hisobi registrlaridan 
foydalanilgan holda soliq hisobini tashkil etish; 
2. Moliyviy hisob ma’lumotlari asosida soliq hisobi registrlarini shakllantirish 
asosida tashkil etish. 


- 17 - 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin