54
3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi
va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi
qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy tafovut;
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yo‘l,
aviatsiya, daryo, avtomobil
transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar summasi;
5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining
yuridik shaxs qarori bilan
hisobdan chiqarilgan summalari;
6) ish beruvchi tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, xodimdan ushlab qolinishi
lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
olgan taqdirda, ushbu
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati ularni olish narxidan yoki tannarxidan
kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jismoniy shaxs yuridik shaxsdan aktsiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan qiymat
solig‘i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) olsa, bunday tovarlar (ishlar, xizmatlar)
qiymatida aktsiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining
tegishli summasi hisobga
olinadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: