U. A. Nurmanov toshkent 2016


 Jismoniy shaxslarning olinadigan daromad solig‘i hisobi va hisoboti


səhifə32/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

 
2. Jismoniy shaxslarning olinadigan daromad solig‘i hisobi va hisoboti. 
 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ob’ekti, bazasi va jismoniy 
shaxslarning jami daromadi tarkibi, shuningdek soliq stavkalariga bag‘ishlanadi. Bu 
masalalar Soliq kodeksining (SK) 29-32-boblari bilan tartibga solinadi. 
Soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’ekti va bazasi. SKga muvofiq soliq solinadigan 
daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan 
olingan daromadlari uchun norezidentlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
to‘lovchilari hisoblanadi.
Shuningdek 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
rezidentlarining 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari hamda 
norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari soliq 
solish ob’ekti hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, SKga muvofiq soliq solishdan 
ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, qat’iy belgilangan soliq 
solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish 
ob’ekti bo‘lmaydi. 
Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi 
1) mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar; 
2) mulkiy daromadlar; 
3) moddiy naf tarzidagi daromadlar; 
4) boshqa daromadlar. 
MISOL. Reklama bo‘yicha menejerga lavozim maoshi 395 000 so‘m qilib 
belgilangan. Fevral oyida u 15 ish kuni ishladi. 
Bu erda mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan 
kunlarga to‘lov amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo‘lib, ulardan 15 kuni 
reklama bo‘yicha menejer tomonidan ishlab berilgan. 
Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to‘lanadigan ish haqi 
miqdorini aniqlash zarur. Maoshi 395 000 so‘m bo‘lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish 
haqi 19 750 so‘mga (395 000 / 20) teng bo‘ladi. Shunday ekan, fevral oyi uchun 
menejerning ish haqi 296 250 (19 750 x 15) so‘mga teng bo‘ladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin