U. A. Nurmanov toshkent 2016


Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar


səhifə33/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar 
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat 
shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga 


52 
hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi 
daromadlar deb e’tirof etiladi: 
mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay 
narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan 
ish uchun hisoblangan ish haqi; 

ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar; 

SKning 173-moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; 

SKning 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya); 

SKning 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash. 
Shuningdek mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi: 

fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq to‘lovlar; 

yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga 
o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan 
to‘lovlar; 

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar 
vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy 
xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni 
o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, 
pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
MISOL. Taftish komissiyasi a’zosiga tashkilotning umumiy yig‘ilishiga 
tayyorlanishi va qatnashishi kunlariga 25 000 so‘m summadan kelib chiqib har bir 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin