Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi
Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari - SKning 179-
moddasida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari turlari to‘liq
keltirilgan, ularning bir qanchasi quyidagilardir:
- moddiy yordam summalari:
favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari -
to‘laligicha; vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi
munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - EKIHning yigirma
baravarigacha miqdorda;
boshqa hollarda - soliq davri uchun EKIHning o‘n ikki baravarigacha miqdorda;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin xususiy korxona
mulkdori, fermer xo‘jaligi boshlig‘i ixtiyorida qoladigan foyda summasi;
- jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni
sotishdan olinadigan daromadlar, bundan:
qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasidagi (ustav
kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni;
ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr ichida ikki martadan ortiq bitim tuzilgan
taqdirda, uy-joylarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar mustasno;
- uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida etishtirilgan hayvonlarni
(qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va boshqalarni) tirik holda
hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, sanoatda qayta
ishlashdan tashqari, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik
mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bog‘dorchilik
(gulchilik) mahsulotlari mustasno. Mazkur daromadlar soliq to‘lovchi tegishli mahalliy
davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik,
uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining boshqaruvlari tomonidan berilgan, realizatsiya
qilingan mahsulot soliq to‘lovchi tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan er
uchastkasida etishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etgan
taqdirda, soliq solishdan ozod qilinadi;
- jamg‘arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar,
shuningdek banklar va kredit uyushmalaridagi omonatlar bo‘yicha foizlar hamda
yutuqlar.