62
byudjetga to‘lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq
summasi bilan haqiqatda
sarflangan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilganlar
mustasno, hisobot davri mobaynida obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘laydi.
Joriy to‘lovlar taxmin qilinayotgan sof foyda summasidan hamda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi MOLIYA vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha hisobot davrining birinchi oyi 10-kuniga qadar
soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga
taqdim etiladigan
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining joriy to‘lovlari
to‘g‘risidagi ma’lumotnomada ko‘rsatilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Joriy to‘lovlar ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining
yil choragidagi
summasining uchdan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay to‘lanadi.
Quyidagilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi:
hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz
baravarigacha miqdorda bo‘lgan soliq to‘lovchilar;
ilgarigi hisobot davrida ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini saqlash xarajatlari
summasi soliq solinadigan baza summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lgan
soliq
to‘lovchilar;
yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tmagan mikrofirmalar va kichik korxonalar.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ining hisob-kitobi
soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchilar
tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi
oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik Moliyviy hisobot
taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lash mazkur
soliq bo‘yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: