U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə73/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq to‘lash tartibi. Er solig‘ini to‘lash, agar quyida bosh-qacha qoida nazarda 
tutilgan bo‘lmasa, yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi 
oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. 
Hisobot davri uchun er solig‘i to‘lashning belgilangan muddatidan keyin 
majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan 
sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yagona er solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan er 
solig‘ini to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
hisobot yilining 1 iyuliga qadar - yillik soliq summasining 20 foizi; 
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30 foizi; 
hisobot yilining 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi. 
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa erlar (suv 
havzalari, kanallar, kollektorlar, yo‘llar, jamoat imoratlari va hovlilari va hokazolar) 
uchun undiriladigan er solig‘i stavkalari PQ-1449-son qarorga 19-ilovaning 4-jadvalida 
ko‘rsatilgan. 
Imtiyozlarga kelganda, er solig‘i solishdan ozod qilinadigan er uchastkalarining 
ro‘yxati Soliq kodeksi (SK) 282-moddasining ikkinchi qismida keltirilgan. Ular 
orasida ferma (molxona) egallaydigan erlar ko‘rsatilmagan, binobarin, ularga er solig‘i 
solinadi. 
Biroq quyidagi er uchastkalari bo‘yicha imtiyozlar mavjud: 
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan erlar (SK 282-moddasi 
ikkinchi qismining 23-bandi). Ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular 
o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida beriladi
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan erlar (SK 282-
moddasi ikkinchi qismining 24-bandi). Ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga 
beriladi; 
yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan erlar (SK 282-
moddasi ikkinchi qismining 25-bandi). Uch yil muddatga beriladi. Kuzda o‘tqazilgan 
yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 
1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy yilning 
1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi. 
Biroq uchastka sizga ayni yordamchi xo‘jalik (qishloq xo‘jaligi) yuritish uchun 
berilgan taqdirdagina ushbu imtiyozlardan foydalana olasiz.
2011 yil 1 yanvardan boshlab to‘lovchilar sug‘orma jamoat qishloq xo‘jaligi erlari 
uchun undiriladigan er solig‘i stavkasini I darajali er uchun bazaviy stavkadan va unga 
qo‘llaniladigan, er uchastkasining sifat xususiyatini (bonitet ballini) hisobga oladigan 
tuzatish koeffitsientidan kelib chiqib, mustaqil tarzda belgilaydilar (PQ-1449-son 
qarorga 19-ilova)
MISOL. Korxona TOSHKENT viloyatining Qibray tumanida qishloq xo‘jaligida 
foydalaniladigan erga ega, biroq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 
mezonlariga javob bermaydi. Sug‘orma erlarning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil 
qiladi, shu jumladan V darajali - 4gektar; VI darajali - 6 gektar. 2011 yil uchun er solig‘i 
summasini qanday hisoblash tartibi. 
Yuridik shaxslardan 2011 yil uchun belgilangan, TOSHKENT viloyatining Qibray 
tumanida joylashgan sug‘orma jamoat qishloq xo‘jaligi erlari (I darajali erlar) uchun 
yuridik shaxslardan undiriladigan er solig‘ining bazaviy stavkasi 1gektar uchun 8 697,1 
so‘mni tashkil qiladi (PQ-1449-son qarorga 19-ilovaning 1-jadvali)
Ushbu soliqning bazaviy stavkalariga quyidagi tuzatish koeffitsientlari belgilangan: 


101 
V darajali erlar uchun (bonitetning 41-50 ballari) - 4,67; 
VI darajali erlar uchun (bonitetning 51-60 ballari) - 6,78. 
Shu tariqa, 2011 yil uchun sizni qiziqtiradigan erlarning 1 gektariga er solig‘i 
stavkalari quyidagini tashkil qiladi: 
V darajali erlar bo‘yicha (bonitetning 41-50 ballari) - 40 615,46 so‘m (8 697,1 
so‘m x 4,67); 
VI darajali erlar bo‘yicha (bonitetning 51-60 ballari) - 58 966,34 so‘m (8 697,1 
so‘m x 6,78). 
2011 yil uchun hisoblangan er solig‘ining umumiy summasi 516 259,88 so‘mni (40 
615,46 x 4 + 58 966,34 x 6) tashkil qiladi. 
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi hisoblanmagan qishloq xo‘jaligi 
korxonasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 17 gektar sug‘orma erga ega, shu 
jumladan III jarajali - 10 gektar va 7 gektar baholanmagan erga. Unda jamoat imoratlari 
va hovlilari band etgan 6 gektar er ham bor.
PQ-1449-son qarorga 19-ilovaning 1-jadvaliga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining 
Qiziriq tumanida joylashgan sug‘orma jamoat qishloq xo‘jaligi erlari (I darajali erlar) 
uchun yuridik shaxslardan undiriladigan er solig‘ining bazaviy stavkasi 2011 yilda 1 
gektar uchun 10 345,1 so‘mni tashkil qiladi. 
Unga tuzatish koeffitsientlari belgilangan:
III darajali erlar uchun (bonitetning 21-30 ballari)- 2,25; 
baholanmagan erlar uchun - 4,67. 
Qiziriq tumanida sug‘orma erlarning 1 gektari uchun er solig‘i stavkasi 2011 yilda 
quyidagilarni tashkil qildi: 
III darajali erlar uchun (bonitetning 21-30 ballari) - 23 276,48 so‘m (10 345,1 so‘m 
x 2,25); 
baholanmagan erlar uchun - 48 311,62 so‘m (10 345,1 so‘m x 4,67). 
Ulardan undiriladigan er solig‘ining umumiy summasi 570 946,14 so‘mni (23 
276,48 x 10 + 48 311,62 x 7) tashkil qiladi. 
Bundan tashqari, korxona jamoat imoratlari va hovlilari band etgan 6 gektar erga 
ega. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalanilmaydigan boshqa 
erlar uchun undiriladigan er solig‘i stavkasi 1 gektar uchun 178 616,9 so‘mga teng (PQ-
1449-son qarorga 19-ilovaning 4-jadvali). Jamoat imoratlari va hovlilari band etgan erlar 
uchun er solig‘i summasi 1 071 701,4 so‘mni (178 616,9 x 6) tashkil qiladi.
Shu tariqa, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan erlar uchun byudjetga to‘lanadigan 
er solig‘i summasi 1642647,54 so‘mga (570946,14 + 1 071 701,4) teng. 
Agar soliq davri mobaynida yagona er solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi 
korxonalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy maydonida va (yoki) tarkibida 
o‘zgarishlar yuz bersa, ular joriy yilning 1 dekabriga qadar er uchastkasi joylashgan 
joydagi davlat soliq organiga er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim 
etishlari kerak (SKning 285-moddasi).
Shuni yodda tutish lozimki, SKning 81-moddasiga ko‘ra, hisobga qo‘yilmagan joy 
bo‘yicha unda er solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to‘lovchi tegishli er 
uchastkasiga (yoki er uchastkasiga bo‘lgan huquq bilan birga tegishli ko‘chmas mulk 
ob’ektiga) bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun 
mobaynida soliq solish ob’ektlarini ular joylashgan erda hisobga qo‘yish uchun davlat 
soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etishi shart. 
Soliq organi soliq to‘lovchining ilgari berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq 


102 
murojaat etilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay uni ob’ektlar bo‘yicha hisobga 
qo‘yadi.
SKning 113-moddasida nazarda tutilishicha, soliq organida ob’ektlar bo‘yicha 
hisobga turishdan bo‘yin tovlash quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi: 
agar belgilangan muddatdan ko‘pi bilan 30 kun o‘tgan bo‘lsa- EKIHning 50 
baravari; 
30 kundan ko‘p o‘tsa - EKIHning 100 baravari. 
Soliq kodeksining 81-moddasida belgilanishicha, soliq to‘lovchini ob’ektlar 
bo‘yicha hisobga qo‘yish soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchida er solig‘ini to‘lash bo‘yicha 
majburiyat yuzaga kelganida u soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish joyida amalga 
oshirilmaydi. 
Soliq kodeksining 285-moddasiga ko‘ra, er solig‘i har bir soliq davrining 1 
yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va er solig‘ining hisob-kitobi er 
uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga 
qadar taqdim etiladi. 
Hisobga qo‘yilmagan joyda er solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to‘lovchi tegishli er uchastkasiga (yoki u 
bilan birga er uchastkasiga huquq yuzaga kelgan ko‘chmas mulk ob’ektiga) huquq davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida soliq organiga ular joylashgan 
erdagi soliq solish ob’ektlarini hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi 
shart, unda hisobga qo‘yish ob’ektiga huquq tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi - yuridik 
shaxsning identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi. 
Shu sababli siz er uchastkalarini Yangiyo‘l tuman va Sirdaryo shahar DSIlarida 
ob’ektlar bo‘yicha hisobga qo‘yishingiz lozim. 
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘iga kelsak, Soliq kodeksining 271-moddasiga 
ko‘ra, uning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati 
organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi 
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik Moliyviy hisobot 
taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. 


103 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin