U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə81/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq to‘lash tartibi. Suv solig‘i to‘lovchilar tomonidan suvdan foydalanish yoki 
suv iste’moli joyida hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay to‘lanadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari 
tomonidan esa suv solig‘ini to‘lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 
mayigacha amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxslar joriy yilning 15 yanvarigacha suvdan foydalanish yoki suv 
iste’moli joyidagi soliq organlariga suv solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi yozma bildirishni 
belgilangan limitdan kelib chiqqan holda yoki suv etkazib berish shartnomasiga muvofiq 
har oyda yoki yilning har choragida erkin shaklda taqdim etadilar, qishloq xo‘jaligi 
korxonalari bundan mustasno.
 
 


112 
Mavzu: Kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va majburiy 
to‘lovlar hisobi 
REJA. 
1. Yagona soliq to‘lovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi. 
2. Yagona er solig‘i va hisoboti. 
3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan 
soliq hisobi. 
Tayanch so‘zlar: 
Tadbirkor, mikrofirma, kichik korxona, yagona soliq to‘lovi, yagona er solig‘i, 
qat’iy soliq, soddalashtirilgan hisob, soddalashtirilgan hisobot, soliq hisobi, soliq 
hisoboti. 
 
1. Yagona soliq to‘lovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan 
boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan birga soddalashtirilgan tartibida 
to‘lanadigan soliqlar ham amal qiladi. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi degandasoliq solishning ayrim 
toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab 
chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning 
maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi tushuniladi. 
2005 yil 20 iyunda Prezidentning «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni 
rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-
3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko‘rsatish 
shart-sharoitini yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan va 
asosiy masalalar tartibga solinadi:
1) soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o‘zgarishi, birxillashtirilgan 
soliq to‘lovining joriy etilishi;
2) joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun imtiyozlar va 
qo‘shimcha preferentsiyalar berilishi. 
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va 
tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq 
organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblar 
alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l va ta’lim muassasalarini 
rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi jamg‘armalariga 
majburiy ajratmalar summalarini alohida to‘lanmaydi. 
Soliq Kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan 
tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin: 

yagona soliq to‘lovi;

yagona er solig‘i; 

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin