112
Mavzu: Kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va majburiy
to‘lovlar hisobi
REJA.
1. Yagona soliq to‘lovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi.
2. Yagona er solig‘i va hisoboti.
3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan
soliq hisobi.
Tayanch so‘zlar:
Tadbirkor, mikrofirma, kichik korxona, yagona soliq to‘lovi, yagona er solig‘i,
qat’iy soliq, soddalashtirilgan hisob, soddalashtirilgan hisobot, soliq hisobi, soliq
hisoboti.
1. Yagona soliq to‘lovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan
boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bilan birga soddalashtirilgan tartibida
to‘lanadigan soliqlar ham amal qiladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi deganda –
soliq solishning ayrim
toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab
chiqarish va to‘lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning
maxsus qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi tushuniladi.
2005 yil 20 iyunda Prezidentning «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni
rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-
3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko‘rsatish
shart-sharoitini
yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan va
asosiy masalalar tartibga solinadi:
1) soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o‘zgarishi, birxillashtirilgan
soliq to‘lovining joriy etilishi;
2) joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun imtiyozlar va
qo‘shimcha preferentsiyalar berilishi.
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini
soliq solinadigan baza va
tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq
organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-kitoblar
alohida taqdim etilmaydi,
shuningdek pensiya, yo‘l va ta’lim muassasalarini
rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi jamg‘armalariga
majburiy ajratmalar summalarini alohida to‘lanmaydi.
Soliq Kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan
tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi mumkin:
yagona soliq to‘lovi;
yagona er solig‘i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: