119
uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan er uchastkasi soliq solish
ob’ektidir, soliq solinadigan er uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan
normativ qiymati soliq solinadigan bazadir. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizning
barcha viloyatlarida erni normativ qiymati bo‘yicha yagona er solig‘iga
tortish amalga
oshirilmoqda.
Soliq kodeksiga asosan ushbu soliq turi bo‘yicha ham kalendar yil soliq davri
hisoblanadi. Soliq summasi soliq solinadigan bazaga qarab yagona er solig‘i er
uchastkalarining normativ qiymati va yagona er solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib
chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona er solig‘ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq
xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan
er uchastkalari uchun yagona er solig‘i er uchastkasi berilganidan keyingi oydan
e’tiboran to‘lanadi. Er uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan)
taqdirda, yagona er
solig‘ini to‘lash er uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan e’tiboran to‘xtatiladi
(kamaytiriladi).
Er uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona
er solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq
to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona er
solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Yagona er solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi;
hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi.
Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi:
D-t 9810-«Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar» schyoti;
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliq» schyoti;
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» schyoti;
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» schyoti.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: