U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə92/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Sug‘urtalangan xodimlar (mehnat bitimlari bo‘yicha ishlayotganlarning hammasi 
shunday xodimlardir), tegishli hollarda esa ularning oilalari ham DIS mablag‘lari 
hisobiga quyidagilar bilan ta’minlanadilar: 
nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) 
bola 16 yoshga to‘lgunga qadar qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa (1136-son 
Nizomning 85-bandi); 

bola tug‘ilgandagi nafaqa; 

yoshga doir, nogironlik bo‘yicha va boquvchisini yo‘qotgan taqdirda davlat 
pensiyasi; 

dafn etishga nafaqa
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarining 
davlat ijtimoiy kafolatlari sifatida to‘lanishi saqlanadi. Biroq 2007 yil 1 yanvardan ular 
DIS mablag‘lari hisobiga emas, byudjet tashkilotlari tomonidan - mehnatga haq to‘lash 
jamg‘armasiga byudjet ajratmalari doirasida va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan - 
o‘z mablag‘lari hisobiga, ko‘rsatilgan xarajatlarni foyda solig‘ini hisoblashda soliq 
solinadigan bazadan chegirgan holda amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 141, 145-
moddalari). 
Nafaqalar quyidagilarga beriladi: 

xodimlarga - ularning ish beruvchi bilan mehnat munosabatlari davrida (bunga 
sinov vaqti va ishdan bo‘shatish kuni ham kiradi); 

yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
jismoniy shaxslarga - ular sug‘urta badallari to‘laydigan davrda; 

dehqon xo‘jaliklari a’zolariga - ular sug‘urta badallari to‘laydigan davrda. 
Pensiya jamg‘armasi shakllanishining boshqa elementlari ham bor: 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunining‘ 15- moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda jarohatlanganlik yoki kasb


127 
kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun 
regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan 
mablag‘lar; 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunining 14- moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash 
xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi 
mablag‘lari; 
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash 
xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 
mablag‘lari; 
Hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini 
rivojlantirish jamg‘armasiga undirilgan summalaridan tashqari, sug‘urta badallari va 
ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun penyalar; 
Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari; 
Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan 
foydalaniladi: 
4520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari»; 
6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar». 
4520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari» schyotida korxona va 
tashkilotlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga hisobot davrida o‘tkazib berilgan bo‘nak 
to‘lovlari hisobga olinadi. 
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari» 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»; 
6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotida korxona va 
tashkilotlar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan ajratmalar haqidagi 
ma’lumotlar umumlashtiriladi. Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar hisoblanganida 
quyidagicha provodkalar beriladi: 
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t 0810-0890; 
K-t 6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar». Xarajatlarga tegishli 
sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t 2010, 2310, 2510, 9420; 
K-t 6520- «Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar». 
Xodimning ish haqidan ushlanadigan sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar»; 
K-t 6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar». 
Hisobot davri yakunida Pensiya jamg‘armasiga ilgari to‘langan bo‘nak to‘lovlari 
yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-»Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar» 
schyotiga o‘tkaziladi: 
D-t 6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar» 
K-t 4520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari». 
Shundan so‘ng Pensiya jamg‘armasiga bo‘lgan qarz to‘lovlari o‘tkazib beriladi: 
D-t 6520-«Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar»; 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti». 


128 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin