Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari har oyda soliq solinadigan
bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi,
sug‘urta badallari esa xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va soliq agentlari
tomonidan o‘tkaziladi.
Yagona ijtimoiy to‘lovning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot
davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik
Moliyviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar
tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‘yicha esa yillik Moliyviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Bundan tashqari, 2013 yil 1 yanvardan boshlab, soliq organlariga taqdim
etiladagan soliq hisobotlari va boshqa ma’lumotlarni birlashtirildi.
Jumladan, yagona ijtimoiy to‘lov bilan fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga sug‘urta badali, shuningdek byudjetdan tashqari Pensiya, Yo‘l hamda
Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va
jihozlash jamg‘armasigamajburiy ajratmalar bo‘yicha hisobot shakllari birlashtirildi.
Sug‘urta badallarining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat
soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning
har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari
bo‘yicha esa yillik Moliyviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Yagona
ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallarini to‘lash har oyda, keyingi oyning 10-kunidan
kechiktirmay amalga oshiriladi.