126
huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha jismoniy shaxslarga to‘lanadigan oziq-ovqat va
yo‘l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo‘l chiptalarining qiymatini qoplash
kompensatsiya to‘lovlariga
kiritiladi (SKning 174-moddasi), ularga YaIT va sug‘urta
badallari solinadi
(30.12.2011 yildagi O‘RQ-313-son Qonun to‘rtinchi moddasining 14,
15-bandlari).
Korxonangiz xodimlari va ularning oila a’zolariga profilaktoriy, pansionat, dam
olish
zonasida, shuningdek xodimlarning bolalariga sog‘lomlashtirish oromgohlarida
berilgan oziq-ovqat ularning qiymatiga kirsa ham, yo‘llanmalar moddiy naf tarzidagi
daromadlarga kiradi hamda ularga YaIT va sug‘urta badallari solinmaydi.
Xodimlarning davolanishga va sportchilarning yig‘inlar yoki musobaqalar o‘tkazish
jo-yiga borishlariga to‘lanadigan yo‘l haqi ham moddiy naf tarzidagi daromadlarga kiradi
hamda ularga YaIT va sug‘urta
badallari solinmaydi, chunki mazkur to‘lovlar yo‘l
chiptasi ham, ularning qiymatini qoplash ham hisoblanmaydi.
Bolalarning sog‘lomlashtirish oromgohlarida ishlaydigan xodimlaringizning
ovqatlanish qiymatiga haq to‘lashga, xodimlaringiz bo‘lgan sportchilarning ovqatlanish
qiymatini qoplashga esa 2012 yil 1 yanvardan boshlab YaIT va sug‘urta badallari
solinadi.
Bundan
tashqari, Soliq kodeksining 179-moddasida xodimlarning siz sanab o‘tgan
ba’zi daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga doir
imtiyozlar nazarda tutilgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: