(eng kam ish haqi miqdorida) (%da) Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash
(yuridik shaxslar, 1 kv.metr egallagan maydoni uchun)
0,1
Bolalar o‘yin avtomatlari (yuridik va jismoniy shaxslar,
jihozlangan o‘rinlar soni uchun)
3
Soliq summasi soliq to‘lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’i
nazar, soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq davri - bir oy.
Soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati
organlariga:
yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar tomonidan - davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay;
faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan - hisobot yilining 15
yanvarigacha taqdim etiladi.
Soliq solish ob’ekti va EKIH miqdori o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik
kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan kechiktirmay taqdim
etishlari shart.
Soliqni to‘lash:
yuridik shaxslar tomonidan - har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - Soliq kodeksi 375-moddasining to‘rtinchi
qismida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
2-MISOL. Yakka tartibdagi tadbirkorning zalida 10 ta o‘yin avtomati mavjud. 2012 yilning yanvar oyi uchun Soliq qanday hisoblanadi? Har bir dastgoh soliq solish ob’ekti hisoblanadi va ushbu holatda u 10 taga teng, ya’ni 10 ta o‘yin avtomati mavjud. Soliq turi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Qs = Fk x S Bu erda, Qs - Soliq summasi; Fk - fizik ko‘rsatkich (maydondagi uskunalar soni); S - Soliq stavkasi. 2012 yil uchun soliq stavkasi Prezidentning 30.12.2011 yildagi PQ-1675-son
qaroriga (keyingi o‘rinlarda - PQ-1675-son Qaror) 10-ilovada keltirilgan. Unda
TOSHKENT shahri uchun oyiga har bir o‘yin avtomatiga EKIHning 3 baravari
miqdorida belgilangan.
Ushbu holda soliqning yanvar oyi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan summasi (EKIH
miqdori 62 920 so‘m) quyidagicha bo‘ladi:
62 920 x 3 x 10 = 1 887 600 so‘m