3. Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar hisobi. Yo‘l jamg‘armasi birlashgan byudjet daromadlarining tarkibini asosiy qismini
tashkil qilgan holda davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishning Moliyviy asosi bo‘lib
hisoblanadi va davlat mavjudligining ajralmas belgisidir.
Yo‘l jamg‘armasini tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim
faktor – bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga
Moliyviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va
aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Va nihoyat
xo‘jalikni va xususiylashtirishni ko‘p qirrali shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul
mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Demak, yo‘l jamg‘armasi – bu jamiyatning ayrim mablag‘larini MOLIYAlashtirish
va kompleks ravishda operativ mustaqillik asosida sarflash uchun davlat orqali jalb
qilinadigan Moliyviy resurslarni qayta taqsimlash va foydalanish uslubidir. G‘arb
mamlakatlarida bunday jamg‘armalarning soni 30 dan 80 gachadir.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar, uning to‘lovchilari, soliq solish
ob’ekti, bazasi, soliq davri, majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish masalalari Soliq
kodeksining (SK) XVI bo‘limi bilan tartibga solinadi.
Soliq to‘lovchilar - yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
- oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik
(ishtirokchi) - yuridik shaxs.
Quyidagilar Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning to‘lovchilari
bo‘lmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan
olgan daromadlari mustasno;
yagona soliq to‘lovi to‘lovchi yuridik shaxslar;
ixtisoslashtirilgan yo‘l xo‘jaligi boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan
korxonalar, Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish
va qurish bo‘yicha ishlarni bajarganlik uchun olingan daromadlar qismi bo‘yicha.