U. A. Nurmanov toshkent 2016


Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarning turlari


səhifə103/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarning turlari. - avtotransport vositalarini 
olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun 
yig‘im; 
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im. 
Soliq to‘lovchilar. Avtotransport vositalarini oluvchi va (yoki) O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi O‘zbekiston 
Respublikasi rezidentlari va norezidentlari avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im 
to‘lovchilardir. 
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki foydalanuvchilari ushbu 
vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali 
tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im to‘lovchilardir. 
Soliq solish ob’ekti: 


138 
- avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirish; 
- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
kirishi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish. 
Soliq solinadigan baza:
- olingan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan 
avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport 
vositalarining qiymati;
- O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzit 
tarzida o‘tganida chet davlatlarning avtotransport vositalari. 
Yig‘imlarni to‘lash tartibi. Avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im ular 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilayotganda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi: 
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi 
asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib 
olinganda; 
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav jamg‘armasiga (ustav kapitaliga) 
yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda dividendlar sifatida olinganda; 
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun olinganda, SK 324-moddasining 9-
bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Yig‘im taraflarning yozma kelishuviga 
ko‘ra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi O‘zbekiston 
Respublikasining norezidenti bo‘lgan taqdirda, yig‘im lizing oluvchidan undiriladi. 
Lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) 
shartnomasi predmeti bo‘lgan avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida 
takroran yig‘im undirilmaydi; 
4) avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib 
kirilganda. 
Avtotransport vositalarini olish va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat taqdim etilmagan 
holda avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki 
texnik ko‘rikdan o‘tkazish amalga oshirilmaydi. 
Chet davlatlar avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
kirganligi va uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tganligi uchun yig‘im chet davlatning 
avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi. 
Avtotransport vositalari olinganligi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirilganligi uchun ushbu vositalarning egalari (foydalanuvchilari) 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan 
o‘tkazish chog‘ida to‘lanadigan yig‘im foydalanish muddatiga qarab har bir ot kuchi 
uchun eng kam ish haqiga nisbatan foizda (Prezidentning 30.12.2011 yildagi PQ-1675-
son qarori, 23-ilovasi). 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin