U. A. Nurmanov toshkent 2016


Soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza


səhifə102/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza. Sof tushum Respublika yo‘l 
jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan bazasi 
hisoblanadi. 
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning soliq solish ob’ekti va soliq 
solinadigan bazasi quyidagilardir: 
1) kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun - 
mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i va tegishincha 
issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun 
suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib 
tashlangan holda realizatsiya qilingan hajmi; 
2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-
qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha 
qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va 
ilmiy-tad-qiqot ishlarining qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi qiymati. 
Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati 
shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan 
mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari bilan 


137 
bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda 
tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi 
qiymati sifatida belgilanadi.
MISOL. Qurilish tashkiloti savdo majmuida qurilish ishlarini pudrat shartnomasi 
asosida amalga oshirmoqda. Qurilishning bir qismini bajarish uchun subpudrat tashkiloti 
jalb qilingan. Jami ish hajmi 21 370 ming so‘mni tashkil qilib, shundan o‘z kuchi bilan 
bajarilgan ishlar - 17 520 ming so‘mni (shu jumladan QQS summasi 2 920 ming so‘m) 
tashkil qiladi.
Ushbu holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratma quyidagicha 
hisoblanadi:
ajratma bazasi - 14 600 ming. so‘m (17 520 - 2920); 
ajratma 1,4% stavka bo‘yicha hisoblanadi (Prezidentning 30.12.2011 yildagi PQ-
1675-son qarori, 3-bandi)
ajratma summasi - 204,4 ming so‘m (14 600 x 1,4%);
3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo‘yicha, 
vositachilik va topshiriq shartnomasi bo‘yicha hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga 
oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 
uchun - ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan 
holdagi mukofot summasi. 
MISOL. Lizing kompaniyasi uskunalarni qurilish tashkilotiga lizingga bermoqda. 
Lizing to‘lovlari oylik to‘lab boriladi. Hisobot davrida lizing shartnomasi bo‘yicha asosiy 
qarz 3 000 ming so‘m, foiz to‘lovi 300 ming so‘mni tashkil qildi.
Shunday qilib, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratma summasi 4 200 
so‘mni (300 000 x 1,4%) tashkil qiladi. 
SKning 132-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar soliq solish ob’ekti sifatida 
qaralmaydi. 
Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo‘lgan hollarda, ular soliq 
solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlardan kelib 
chiqqan holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.
Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo‘lgan hollarda, ular soliq 
solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlardan kelib 
chiqqan holda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin