140
1
Iqtisodiyotning
boshqa
tarmoqlari
korxonalari - QQS va aktsiz solig‘i
chegirilgan holda, mahsulotlar (ishlar,
xizmatlar)ni realizatsiya qilingan hajmi
865235. 5
1.4
12113.3
2
Respublika yo‘l jamg‘armasiga jami
hisoblangan majburiy ajratmalar
865235. 5
X
12113.3
4. Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisobi.
Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnomoligida Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining hayotga tadbiq etilishi, mazkur dasturning mantiqiy davomi bo‘lgan «Maktab
ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida amalga oshirilayotgan
ishlarimiz zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali Yurtimiz
taraqqiyotining mustahkam poydevorini qo‘yish, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek
ezgu maqsad yotadi.
Prezidentimizning 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi 3431-sonli
Farmoni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi «2004-2009
yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish
to‘g‘risida»gi 321-sonli qarori qabul qilindi. Dasturda umumta’lim maktablari binolarini
va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tubdan yangilash va kapital
rekonstruktsiya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi
qonunining, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 7 iyundagi 263-sonli «Byudjetdan tashqari
maktab ta’limi jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2004 yil 28
dekabrdagi 610-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2005
yilgi Davlat byudjeti
parametrlari to‘g‘risida»gi qarorlariga asosan 2005 yildan maktab ta’limini
rivojlantirishga majburiy to‘lov joriy etildi. 2010 yilan boshlab Ta’lim muassasalarini
rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi
tashkil etildi.
Mazkur qarorga asosan 2004-2009 yillarda 3 mln. 012 ming o‘rinli 8500 ta
maktablarda qurilish-tiklash ishlari amalga oshirildi. Shu jumladan 116640 o‘quvchi
o‘rinli 351 ta yangi maktab binolari qurildi, 850951 o‘quvchi o‘rinli 2470 ta maktab
binolari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi
mukammal rekonstruktsiya
qilindi, 2044582 o‘quvchi o‘rinli 3607 ta maktablarning bino va inshootlari mukammal
va 2072 ta maktablar joriy ta’mirlashdan chiqarildi.
Buning natijasida qishloq va shaharlarda hamda borilishi qiyin bo‘lgan xududlarda
zamonaviy loyiha asosida qurilgan maktablar soni kengayib o‘zgacha tus oldi.
Dastur doirasida 2004-2009 yillarda 325 ta buzib o‘rniga yangi maktab binolari
qurilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda ularning 351 tasi (108%) to‘liq bitkazildi.
Dastur bo‘yicha kapital rekonstruktsiya qilinadigan 2313 ta maktabdan, 2470 tasi
(107%)da kapital rekonstruktsiya ishlari to‘liq bajarildi.
Kapital ta’mirlanadigan 3769 ta maktabdan 3607 ta (96%)
sining bino va
inshootlari to‘liq ta’mirlashdan chiqarildi.
2004-2009 yillar dasturi doirasida qayta tiklash ishlari amalga oshirilgan respublika
bo‘yicha jami 8500 ta maktablarning 1326 tasi (16%) shaharlarda, 6887 tasi (81%)
qishloq xududlarida, 287 tasi esa (3%) borilishi qiyin bo‘lgan xududlarda joylashgandir.
141
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi tom ma’noda umumxalq
harakatiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning sababi, 2004-2009 yillar
mobaynida
mahalliy hokimliklar, homiy tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturiga qo‘shimcha
ravishda respublika bo‘yicha jami 220573 o‘quvchiga mo‘ljallangan 402 ta, shu
jumladan, 14997 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 47 ta yangi maktab binolari qurildi,
14424 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 30 ta maktab binolari
kapital rekonstruktsiya
qilindi, 58532 o‘quvchiga mo‘ljallangan 95 ta mavjud maktab bino va inshootlari kapital
va 132620 o‘quvchiga mo‘ljallangan 230 ta maktablar joriy ta’mirlandi. Ushbu ishlarga
jami 37,9 mlrd.so‘m miqdorida homiylar mablag‘lari yo‘naltirildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat
umummilliy dasurining amalga oshirilishi natijasida 1 ming 536 ta akademik litsey va
kasb-xunar kolleji, umumta’lim maktablarining qariyb 9
mingtasi, ya’ni, deyarli
hammasi, 1 ming 800 dan ortiq sport zali namunaviy loyihalar asosida barpo etildi yoki
kapital rekonsruktsiya qilindi. Ushbu o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini
muntazam yangilab borish, tizimli asosda
zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv-
laboratoriya uskunalari, mebel va o‘quv anjomlari bilan qayta jihozlash, ularni talab
darajasida saqlash hamda yaratilgan bu ulkan salohiyatdan
samarali foydalanish
maqsadida mutlaqo yangi bir tuzilma – MOLIYA vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma
tashkil etildi. Bu jamg‘armaning hisob raqamiga 2010 yili 315 milliard so‘m mablag‘
ajratilgan bo‘lsa, 2011 yilda 370 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.