108
Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi. Suv resurslarining er usti va er osti
manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi)
hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari
asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz
foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv
ob’ektlaridan, suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya
normalaridan,
ekinlar
hamda
dov-daraxtlarni
sug‘orish
normalaridan yoki
ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan
kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar er usti va er osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari
hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining er usti va er osti
manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi
suvdan foydalanilgan taqdirda,
soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv
etkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining er usti va er
osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat
soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 fevraliga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat
soliq xizmati organlari bu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga etkazishi lozim.
Soliq to‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq solinadigan
bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari
hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Binolarning
bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza
suv etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv etkazib beruvchi bilan
shartnoma tuzgan soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv etkazib berilishi yuzasidan solishtirib
ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv
amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi
soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv solig‘ini
to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv
hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, aynan ular suv
solig‘ini to‘lashadi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda,
foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv solig‘ini to‘laydi.
Yagona er solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari soliq
solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan erlarni sug‘orish uchun
sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda
aniqlaydi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari
uchun soliq solinadigan baza soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
MISOL. Suv o‘lchagich uskunasining ko‘rsatkichi bo‘yicha korxona 2011 yilning
1-choragida vodoprovod tarmoqlaridan 290 kub metr suv iste’mol qilgan.
Vodoprovod tarmog‘iga er usti va er osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining
nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni suv etkazib beruvchilar aniqlab beradi. Yil uchun
sarflangan suv hajmining nisbati quyidagicha hisoblanadi:
er usti manbalaridan - 81,7%;
er osti manbalaridan - 18,3%.
109
Mos ravishda, korxona tomonidan 1-chorakda iste’mol qilingan 290
kub metr suv
hajmining 236,93 kub metri (290 x 81,7%) er usti manbalari, 53,07 kub metri (290 x
18,3%) er osti manbalari ulushiga to‘g‘ri keladi.
2011 yil uchun suv solig‘i stavkalari Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-
1449-son qaroriga 13-ilovada er usti manbalaridan 1 kub metr uchun - 37,9 so‘m, er osti
manbalaridan 1 kub metr uchun - 29,8 so‘m etib belgilangan edi.
Shundan kelib chiqib, 1-chorak uchun hisoblangan soliq summasi 9 071,87 so‘mni
(53,07 x 37,9 + 236,93 x 29,8) tashkil etadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: