U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə79/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

Soliq to‘lovchilar - Suv solig‘i to‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi hududida 
suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari; 
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi 
norezidentlari; 
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari.
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv etkazib berishni amalga oshiruvchi 
yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlariga ishlatiladigan suv solig‘ini to‘lovchidir. 
Soliq solish ob’ekti - Er usti va er osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv 
resurslari soliq solish ob’ektidir. Suv resurslarining er usti manbalariga daryolar, ko‘llar, 
suv omborlari, turli xil kanallar va hovuzlar, er ustidagi boshqa suv havzalari hamda suv 
manbalari kiradi. 
Artezian quduqlari va skvajinalar, vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda 
boshqa inshootlar yordamida chiqazib olinadigan suvlar esa suv resurslarining er osti 
manbalariga kiradi. 
Soliq solinadigan baza - Foydalanilgan suvning hajmi soliq solinadigan bazadir. 


108 
Soliq solinadigan bazani belgilash tartibi. Suv resurslarining er usti va er osti 
manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (birlamchi) 
hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblarining ko‘rsatkichlari 
asosida aniqlanadi. 
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv 
ob’ektlaridan, suv olish limitlaridan, suv iste’molining texnologik va sanitariya 
normalaridan, 
ekinlar 
hamda 
dov-daraxtlarni 
sug‘orish normalaridan yoki 
ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar er usti va er osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari 
hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar. Suv resurslarining er usti va er osti 
manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmoqlaridagi suvdan foydalanilgan taqdirda
soliq solinadigan baza manbaning har bir turi bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi. Suv 
etkazib beruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining er usti va er 
osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat 
soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 fevraliga qadar taqdim etishlari kerak. Davlat 
soliq xizmati organlari bu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga etkazishi lozim. 
Soliq to‘lovchi issiq suv hamda bug‘ hosil qilinishi bo‘yicha soliq solinadigan 
bazani ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari 
hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
Binolarning bir qismi, alohida joylar ijaraga topshirilganda soliq solinadigan baza 
suv etkazib beruvchi bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. 
Binolarning bir qismini, alohida joylarni ijaraga olgan va suv etkazib beruvchi bilan 
shartnoma tuzgan soliq solinadigan bazani mustaqil ravishda aniqlaydi. 
Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv etkazib berilishi yuzasidan solishtirib 
ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmi farqini solishtiruv 
amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi. 
Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaruvchi 
soliq to‘lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun suv solig‘ini 
to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv 
hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, aynan ular suv 
solig‘ini to‘lashadi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan taqdirda, 
foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv solig‘ini to‘laydi. 
Yagona er solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari soliq 
solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‘oriladigan erlarni sug‘orish uchun 
sarflanadigan suvning butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtacha hajmidan kelib chiqqan holda 
aniqlaydi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari 
uchun soliq solinadigan baza soliq organlari tomonidan aniqlanadi. 
MISOL. Suv o‘lchagich uskunasining ko‘rsatkichi bo‘yicha korxona 2011 yilning 
1-choragida vodoprovod tarmoqlaridan 290 kub metr suv iste’mol qilgan. 
Vodoprovod tarmog‘iga er usti va er osti manbalaridan keladigan suv hajmlarining 
nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni suv etkazib beruvchilar aniqlab beradi. Yil uchun 
sarflangan suv hajmining nisbati quyidagicha hisoblanadi: 
er usti manbalaridan - 81,7%; 
er osti manbalaridan - 18,3%. 


109 
Mos ravishda, korxona tomonidan 1-chorakda iste’mol qilingan 290 kub metr suv 
hajmining 236,93 kub metri (290 x 81,7%) er usti manbalari, 53,07 kub metri (290 x 
18,3%) er osti manbalari ulushiga to‘g‘ri keladi. 
2011 yil uchun suv solig‘i stavkalari Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-
1449-son qaroriga 13-ilovada er usti manbalaridan 1 kub metr uchun - 37,9 so‘m, er osti 
manbalaridan 1 kub metr uchun - 29,8 so‘m etib belgilangan edi. 
Shundan kelib chiqib, 1-chorak uchun hisoblangan soliq summasi 9 071,87 so‘mni 
(53,07 x 37,9 + 236,93 x 29,8) tashkil etadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin