U. A. Nurmanov toshkent 2016


səhifə78/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

kodeksi, 114-modda 
 5. Litsenziyaning yo‘qligi. Keng tarqalgan foydali qazilmalar (toshqotishma, 
shag‘al, qum, gilmoya, qumoq tuproq va boshqalar) kavlab oluvchi ko‘pgina 
mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar er qa’ridan 
foydalanish huquqi uchun litsenziyasiz faoliyat yurityaptilar. 
«Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi Qonunning 26-moddasiga binoan, foydali 
qazilmalarni kavlab olish uchun er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzaga 
kelishining asosi litsenziya hisoblanadi. U tegishli davlat organi (Geologiya va mineral 
resurslar davlat qo‘mitasi)ning er qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borish 
uchun er uchastkasi berilishini kafolatlovchi qarori mavjud bo‘lganda beriladi. Mazkur 
hujjat o‘z egasining muayyan chegaradagi er qa’ri uchastkasidan belgilangan muddat 
mobaynida foydalanish huquqini tasdiqlaydi hamda er qa’ri uchastkalaridan foydalanish 
shartlarini belgilaydi. 
Litsenziyaga ega bo‘lmagan korxonalar va jismoniy shaxslar keng tarqalgan foydali 
qazilmalarni kavlab olish huquqiga ega emas. «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi 
Qonunning 52-moddasiga muvofiq, er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Chunonchi, 
SKning 117-moddasiga binoan, faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat 
beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish faoliyatning ushbu turlarini litsenziyasiz yoki boshqa 
ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish davrida olingan sof foyda miqdorida, biroq 
eng kam ish haqining 50 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab 
bo‘ladi.
 
4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’ekti va 
bazasi, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi masalalari Soliq kodeksining X 
bo‘limi bilan tartibga solinadi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin