saqlash) har oyda quyidagilarni to‘lab boradi:
- egallagan er maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan soliq*; - Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatish
huquqi uchun yig‘im, u joylardagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan o‘rnatiladi
(O‘zR Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan chegaralangan stavkalardan oshmagan
miqdorda**).
Dividenddan soliq to‘lov manbaida ushlab qolinadi va u 720 (7 200 x 10%***)
ming so‘mni tashkil qiladi. Korxona dividend shaklidagi daromadni dividend solig‘ini
chegirib qolgan holda korxonaga 6 480 (7 200 - 720) ming so‘mni o‘tkazib beradi.
Mol-mulkni ijaraga berish faoliyati boshqa faoliyat turi hisoblanib, bu bo‘yicha
alohida hisob yuritish va soliqlarni umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibda
to‘lash kerak bo‘ladi (Soliq kodeksi, 371-modda). Agar korxona ishchilar soni bo‘yicha
kichik korxona va mikrofirma hisoblansa, soliq solish tizimini tanlash huquqiga egadir.
Agar yirik korxona hisoblansa, soliqlarni (foyda solig‘i, QQS va boshqalar)
umumbelgilangan tartibda to‘lashi kerak.
Ilgari foydalanishda bo‘lgan yumshoq mebelni sotishdan olingan daromad (200
ming so‘m) Soliq kodeksining 132-moddasiga asosan boshqa daromad hisoblanib, unga
soliq solinmaydi (Soliq kodeksi 371-moddaning 4-qismi).
Soliqni hisoblab chiqarish hamda to‘lash tartibi. Soliq belgilangan faoliyat turini
tavsiflovchi fizik ko‘rsatkich soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
2012 yil uchun soliq va majburiy to‘lovlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori bilan belgilangan.
Yuridik va jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari