U. A. Nurmanov toshkent 2016


Yagona er solig‘ini hisobi va soliq hisoboti


səhifə84/106
tarix06.02.2023
ölçüsü
#83070
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi

2. Yagona er solig‘ini hisobi va soliq hisoboti. 
Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona 
er solig‘i bo‘yicha tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabr 
PF – 2086 sonli Farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabr 539 – sonli 
Qaroriga binoan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yagona er solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan 
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining byudjet bilan hisoblashish mexanizmi 
keltirilgan. Hozirgi kunda yangi taxrirdagi soliq Kodeksiga asosan amalga oshirilmoqda. 
Bunga ko‘ra yagona er solig‘i to‘lovchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar: 
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar; 
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-
eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari. 
Quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq 
xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: 
er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va 
o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud er uchastkalaridan foydalangan 
holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik 
shaxslar; 
qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; 
qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va mazkur o‘zi etishtirgan mahsulotni qayta 
ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlash 
umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. 
Yangi tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yagona er solig‘i to‘lovchilar bo‘ladilar. 
Quyidagilarga yagona er solig‘i to‘lovchilari sifatida qaralmaydi: 

o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari; 

yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo‘jaliklari. 
Yagona er solig‘ini to‘lash tartibini qo‘llash uchun soliq to‘lovchi har yili joriy 
soliq davrining 1 fevraliga qadar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq 
xizmati organlariga o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta 
ishlashning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi etishtirgan va qayta 
ishlagan ulushi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida 
qishloq xo‘jaligi mahsulotining o‘zi etishtirgan va qayta ishlagan ulushini aniqlashda 
Soliq Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlar hisobga 
olinmaydi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan 
faoliyat turlarini amalga oshirishda yagona er solig‘i to‘lovchi mazkur faoliyat turlari 
bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart. 
Soliq Kodeksining 350-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq solish 
tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatning 
boshqa turlari bo‘yicha korxonalarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar 
bo‘yicha yagona soliq to‘lovi to‘lashi mumkin. Mikrofirmalar va kichik korxonalar 
toifasiga kirmaydigan soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi kerak. 
Yagona er solig‘i bo‘yicha Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini yuritish 


119 
uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan er uchastkasi soliq solish 
ob’ektidir, soliq solinadigan er uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan 
normativ qiymati soliq solinadigan bazadir. Hozirgi kunga kelib mamlakatimizning 
barcha viloyatlarida erni normativ qiymati bo‘yicha yagona er solig‘iga tortish amalga 
oshirilmoqda.
Soliq kodeksiga asosan ushbu soliq turi bo‘yicha ham kalendar yil soliq davri 
hisoblanadi. Soliq summasi soliq solinadigan bazaga qarab yagona er solig‘i er 
uchastkalarining normativ qiymati va yagona er solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib 
chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Yagona er solig‘ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq 
xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan 
er uchastkalari uchun yagona er solig‘i er uchastkasi berilganidan keyingi oydan 
e’tiboran to‘lanadi. Er uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona er 
solig‘ini to‘lash er uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan e’tiboran to‘xtatiladi 
(kamaytiriladi). 
Er uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona 
er solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq 
to‘lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona er 
solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart. 
Yagona er solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 
 hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi; 
 hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi; 
 hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi. 
Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi: 
D-t 9810-«Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar» schyoti; 
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliq» schyoti; 
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda: 
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» schyoti; 
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» schyoti. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin