U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbekist0n tarixi


Xususiy  shaxslarga  tegishli  mulk



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/49
tarix01.01.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#50780
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
U. Abdalov, U. Xo‘jamuratov, X. Matkarimov, X. Matyaqubov 0 ‘zbe

Xususiy  shaxslarga  tegishli  mulk:  hukmdor  tabaqa  xonadoni,  dehqon-zo- 

dagonlarga,  sayyidlar,  sipohsolor,  badavlat  savdogarlarga  tegishli  mulklar  hisob- 

langan.  Shartli yer egaligi  ham b o ig a n .

V aqf mulklari:  diniy muassasalar va madrasalarga tegishli mulk.  Bu mulkni 

muassasa mutavallisi boshqargan.



Jam oa  mulki:  yaylov, tog‘  yonbagirlaridagi lalmi yerlar.

Xiroj  hajmi  shariat va davlat  qonunlari  asosida belgilangan.  Somoniylarning 

birgina  Buxoro  va  Karmana  viloyatlari  xiroj idan  tushgan  daromadi  116866  dir- 

hamni tashkil qilgan.

Somoniylar  davrida  yerlar  qaytadan  taqsim  qilindi.  Y er  egalarining  yangi 

guruhi tashkil  topdi.  Ularning ko‘pi  sipohiylardan  chiqqan  edi.  Masalan,  Alptegin- 

ning  Xurosonda va M ovarounnahrda 500  q ish lo g i  b o iib ,  biror shahar  yo‘q  ediki, 

unda uning  qasri  yo  b o g i,  yoxud  karvonsaroyi  b o im asa.  Uning  tasaruffida ming- 

lab otlar va chorva mollari b o ig a n .

Somoniylar  davrida  qudratli  markazlashgan  davlatning  vujudga  kelishi  nati- 

jasida  M ovaraunnahr  va  Xurosonda  m a iu m   barqarorlik  qaror  topdi.  Bu  holat

28



m amlakat  iqtisodiy  hayotiga  katta ta ’sir  ko‘rsatdi.  Dehqonchilik,  hunarmandchilik 

va savdo tez  sur’atlar bilan  rivojlana boshladi.  Movarounnahr va Xuroson bu vaqt- 

da  Sharqning  iqtisodiy  jihatdan  eng  rivojlangan  o ‘lkalaridan  hisoblangan.  Tarix- 

chilar va geograflar bu borada ju d a  yaxshi ta ’riflar yozib qoldirganlar.  U lar bu yer- 

lar ju d a  serhosil,  tabiiy  boyliklarga boy,  unda ko‘plab qishloq  va shaharlar borligi- 

ni, aholi  uchun kerakli  ham ma narsalar mavjudligini zo‘r ehtiros bilan bitganlar.

Xuroson,  ayniqsa,  M ovarounnahr dehqonchilik  oMkalari  qatoriga kirgan.  Bu 

yerlarda  dehqonchilik  asosan  sun’iy  sug‘orishga  asoslangan.  K o‘plab  soy  va  dar- 

yolardan  chiqarilgan  katta-kichik  kanallar  mavjud  bo‘lgan.  Buxoro  vohasida  Sho- 

purkon,  Shohrud,  Karmana,  Poykand,  Samarqand vohasida Barj  (Darg‘om), Barm- 

sish,  Buzmadisoy,  Ishtixon  kabi  kanallar  shahar  va  qishloqlami  suv  bilan  ta’min- 

lagan.  Bundan  tashqari,  bunday  kanallar  Xorazm,  Qashqadaryo,  Farg‘ona  va 

Shoshda  ham  boMgan.  M anbalarga  qaraganda  Shosh  aholisi  xalifa  M utasimga 

(833-842)  murojaat  qilib  vohada  suv  yetishmasligi  tufayli  kanal  qurilishiga  yor- 

dam  so‘ragan.  Sun’iy  sug‘orishga  asoslangan  dehqonchilikdan  tashqari  lalmikor 

dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Dalalarda  bug‘doyning  turli  navlari,  arpa,  sholi  va  boshqa  boshoqli  ekinlar 

ekilgan.  Qishloq  x o ‘jaligida  paxta yetishtirishga alohida  ahamiyat  berilgan.  Paxta, 

ayniqsa,  Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Marv  vohasida  ko‘p  ekilgan.  Bog‘dorchilik 

ham  yaxshi  rivojlangan.  B og‘larda  olma,  shaftoli,  nok,  behi,  anor,  anjir,  yong‘oq 

kabi turli mevalar yetishtirilgan.  Uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.  Ayniq­

sa,  Samarqand,  Marv,  Hirotda  yetishtirilgan  uzumlar ju d a  qadrlangan.  Umuman, 

Xuroson  va M ovarounnahming  mevalari  o ‘zining  turli  navlari  va yuqori  sifatliiigi 

bilan  butun  Sharqda  dong  taratgan.  Juda  ko‘p  quruq  m evalar  Yevropaning  turli 

shaharlarigajo‘natilgan.

Umuman,  somoniylar  davrida  Xuroson  va  M ovarounnahr  qishloq  xo‘jaligi- 

ning turli tarmoqlari,  xususan,  dehqonchilik yaxshi  rivojlangan.  Somoniylar davri­

da dehqonchilik bilan bir qatorda, hunarmandchilik ham keng sur’atlar bilan tarqal- 

gan.  Shahar  aholisining  k o ‘p  qismi  hunarmandchilikning turli  sohalari  bilan  mash- 

hur  bo iish g an .  M anbalarda qayd  qilinishicha,  Movarounnahrda,  ayniqsa,  to ‘qima- 

chilik yaxshi  taraqqiy  qilgan.  Bu yerlarda  ipak va jundan tayyorlangan  turli-tuman 

gazlam alar  o ‘zining  yuqori  sifatliiigi,  bejirim  va  nafis  naqshlari  bilan  ajralib  tur- 

gan.  Buxoroning  Zandana,  Samarqanddagi  Vador  va  Surxondaryodagi  Darzangi 

to ‘qim achilarining  mahsulotlari  faqatgina  Movarounnahr va Xurosondagina  emas, 

balki  Iroq,  Eron va H indistonda ham  m a’lum bo‘lgan. Xususan, Narshaxiyning yo- 

zishicha,  Zandanada tayyorlangan  gazlamalarga  Sharq  bozorida ehtiyoj ju d a   katta 

b o ig a n .  Ibn  Xavqal va M uqaddasiyning qayd  etishicha,  Vadorda tayyorlangan yu­

qori  sifatli gazlamalar aholining yuqori tabaqalari orasida ju d a  qadrlangan.  Bu gaz- 

lamalardan,  asosan, amirlar,  vazirlar, turli  amaldorlar,  qozilar o‘zlariga liboslar tik- 

tirganlar.  Vador  gazlamasi,  hatto  Xuroson  parchasi  ham  deb  atalgan.  Gazlamalar- 

ning  turli  navlari,  bundan  tashqari,  Keshda,  Nasafda,  Dabusiyada  va  k o ‘pgina 

boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.

K ulolchilik ham  somoniylar davrida o ‘z taraqqiyotining eng yuqori  bosqich- 

lariga  ko ‘tarilgan.  Kulolchilik  charxini  yanada  mukammallanishi  natijasida  idish- 

lami  bezashda  sirlardan  foydalanishni  kashf etilishi  bu  borada  katta  yutuq  bo ‘ldi.

29



N atijada idishlami turlari ham,  shakllari  ham  ko‘paydi.  Ularning  sifati  keskin dara- 

jad a  oshdi.  Idishlar turli  rangdagi  sirlar  bilan  bezatila  boshlandi.  M anbalarda qayd 

qilinishicha,  ayniqsa,  Samarqand,  Binkat  va  M arv  kulollari  tayyorlagan  idishlar 

o ‘zining  bejirim  shakli,  yuqori  sifati,  ajoyib va nafis  naqshlari  bilan  ajralib  turgan. 

Epigrafik  naqsh  bilan  bezatilgan  turli-tuman  idishlar  ayniqsa,  diqqatga  molikdir. 

Shu  davrga  oid  shaharlarda  olib  borilgan  arxeologik  izlanishlarga  qaraganda,  ku- 

lollar  shaharlarda  mahalla-mahalla  boMib  yashaganlar.  Mana  shunday  mahallalar 

Samarqandda, Marvda,  Axsikatda, Term izda ochib o ‘rganilgan.

Bu davrda shishasozlik ham  keng rivojlangan.  0 ‘rta Osiyo shishasozlari turli 

shakldagi  katta-kichik  shisha  idishlami  tayyorlaganlar.  Idishlar,  asosan,  ko'kim tir 

va  shaffof  rangdagi  shishalardan  tayyorlangan.  Ularning  m a’lum  qismi  naqshlar 

bilan  bezatilgan.  Shishasozlarning ustaxonalari  Niso,  Marv,  Termiz,  Poykand  kabi 

shaharlarda  ochib  o‘rganilgan.  0 ‘rta  Osiyo  shishasozlarining  m ahsulotiga  boshqa 

o ‘lkalardaehtiyoj  katta bo‘lgan.

Somoniylar  davrida  metallurgiya  sohasida  ham  katta yutuqlar  qo‘lga  kiritil- 

gan.  Yozma  manbalar  va  olib  borilgan  arxeologik  qazish  ishlarga  qaraganda  bu 

davrda kon  sanoati  taraqqiyotida katta o ‘zgarishlar ro ‘y bergan.  Bu  davrda  Badax- 

shonda  kumush,  oltin,  billur,  lojuvard  kabi  qimmatbaho  metall  va  toshlar  qazib 

olish  davom  etgan.  Ustrushonaning  Mink  tumanida  katta  miqdorda  tem ir  rudasi, 

Buttam da oltin,  kumush, mis va boshqa metallar, Tuzkon koMida tuz,  Farg‘onadagi 

Nokad  degan joydan  oltin,  kumush,  Isfara yaqinida toshko‘mir qazib  olingan.  Far- 

g ‘onada neft ham  borligi yozm a manbalarda qayd  qilingan.

0 ‘rta Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab  chiqarish  ham  yaxshi  rivoj­

langan.  Q og‘oz  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  eng yirik  markaz  Samarqand  bo‘lib,  un- 

dagi  qog‘ozlarning  mahsuloti  faqat  0 ‘rta  Osiyo  yoki  Sharqda  emas,  balki  Yevro- 

pada ham  mashhur boMgan.  Samarqand  qog‘ozining  olti  navi m anbalarda qayd qi­

lingan.

Yuqorida  qayd  qilingan  hunarmandchilik  turlaridan  tashqari,  somoniylar 

davrida 0 ‘rta Osiyoda toshtaroshlik, zargarlik,  duradgorlik kabi sohalar ancha rivoj 

topgan.  Somoniylar  davrida  kuchli  va  mustaqil  davlatnig  paydo  boMishi  dehqon- 

chilik,  hunarmandchilikning  rivojlanishi,  shaharlam ing  taraqqiyoti,  o ‘z  navbatida, 

ichki va tashqi  savdoni  yanada uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib  keldi.  Avvalo, 

shahar  va  qishloqlar  o‘rtasidagi  savdo  kengaydi.  Ikkinchi  tomondan,  shahar  va 

qishloqlarni  qo‘shni  ko‘chmanchi  xalqlar  va  boshqa  davlatlar  bilan  aloqasi  rivoj- 

landi.

Y ozm a  manbalarda  qayd  qilinishicha,  bozorlar  katta-kichik  shaharlarda  va 



hatto  qishloqlarda bo‘lgan.  Ayniqsa,  karvon y o ila ri  bo‘ylab joylashgan,  shaharlar­

da  bir  nechtadan  bozorlar  boMgan.  Buxoro,  X o‘jand,  Nasaf,  Kesh,  Termiz,  Hirot, 

Marv, N ishopur shaharlaridagi  bozorlar katta va ju d a gavjum boMgan.  Istahriyning 

yozishicha,  Samarqandda Movarounnahrning  bosh  bozorlari joylashgan.  Bu  yerga 

hamma yerdan savdogarlar kelgan.  M ovarounnahrda tayyorlangan  mahsulotlarning 

katta  qismi  Samarqandga  keltirilgan  va  undan  keyin  boshqa  oMkalarga  tarqalgan. 

Ichki  va  tashqi  savdoda  ayrim  kichik  shaharlam ing  ham  o‘rni  katta  boMgan.  Bu 

borada  Poykand  shahri  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  M anbalarda  yozishlaricha,  bu 

shaharda somoniylardan  oldin  ham  savdogarlar Xorazm,  Kaspiy  bo ‘yidagi  oMkalar

30



va Xitoy bilan oldi-sotti  ishlari  olib  boiisligan.  Slialmr  hok i in lari  savdogarlar uchun 

ham m a shart-sharoitlarni  tug'dirib  berishga  Imrnkal  qilganlar.  Shaharda o ‘nlab kar- 

vonsaroylar  mavjud  b o ig a n ,  ular  bo/oi>',a  yaqin  joylarda joylashgan.  Savdo  rasta- 

lari  karvonsaroyning o'zid a ham bo‘lgan.  Karvonsaroylar y o ila rd a  ham qurilgan.

Bozorlarda  sotiladigan  mollar  avvalo  mahalliy  aholining  ehtiyojini  qondi- 

rishga  qaratilgan.  Hunarmandlar  o ‘z  mollarini  sotib  oziq-ovqat  mollarini  xarid  qi- 

lishgan,  o ‘z navbatida, dehqonlar  hunarmandchilik  mollarini  xarid qilishgan.  1X-X 

asrlarda  O 'rta  Osiyoning  iqtisodiy  hayotida  savdo-sotiq  katta  ahamiyatga  ega  edi. 

Bu  borada ko‘chmanchilar  bilan  chegaradosh  b o ig a n   shaharlam ing ahamiyati  kat­

ta  b o ig a n .  K.o‘chnianchilar  shaharlarga  kelib,  dehqonchilik  va  hunarmandchilik 

mahsulotlarini  xarid  qilganlar,  teri  va  boshqa  chorvachilik  mahsulotlarini  sotgan- 

lar.


0 ‘rta Osiyolik savdogarlar o ‘z mollarini  arab  xalifaligi  tarkibiga kirgan dav- 

latlarga,  Kavkazga,  Xazar  va  Bulg‘oriyaga,  Xitoy  va  Hindistonga  olib  borib  sot- 

ganlar.  0 ‘rta  Osiyodan  Xitoy  bilan  0 ‘rta  Yer  dengizini  birlashtiruvchi  va Janubi- 

Sharqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo ‘llari  o‘tgan.  Ayniqsa,  0 ‘rta Yer dengi- 

zi  bilan  bog‘lovchi  karvon  y o ‘li  ancha  gavjum  bo‘lgan.  Bu  y o ‘l  Bag‘dod,  Hama- 

don,  Nishopur,  Marv,  Amul,  Buxoro,  Nasaf,  Kesh,  Samarqand,  Ustrushona, 

Choch,  Bolasog‘un  orqali  Xitoyga  olib  borgan.  Xitoyga  0 ‘rta  Osiyodan  otlar  va 

shisha  buyumlar  olib  borilgan.  Xitoydan  esa  turli-tuman  ipak  gazlam alar  keltiril- 

gan.  Xazar,  B ulg‘or  va  Rus  yerlariga  0 ‘rta  Osiyodan  quruq  mevalar,  turli-tuman 

gazlamalar,  guruch  va  kumush  chiqarilgan.  0 ‘z  navbatida, janubi-sharqiy  Yevro- 

padan  0 ‘rta  Osiyoga  m o‘yna,  mis,  teri,  qoramol,  qullar keltirilgan.  Janubi-sharqiy 

Yevropa  bilan  bo'lgan  savdo  aloqalarida  xorazmlik  savdogarlam ing  o‘mi  katta 

b o ig a n .


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin