taqil davlat sifatida shakllanishida ko‘p xizmat qilgan hukmdor Qutbiddin M uham
mad Otsiz (1127-1156) bo‘ldi. Saljuqiy Sulton Malikshoh davrida Xorazmni
hukmdori b o ig a n Anushteginning nevarasi Otsiz o ‘zi tobe b o ig a n Saljuqiy sul-
tonlarining har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor, diplom at va mohir
sarkarda b o ig a n Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm yerlarini an
cha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimi yerlarini, M angishloqni bosib oladi.
Shundan so‘ng u bir necha bor (1138, 1141, 1142, 1147-1148) Sulton Sanjarga
qarshi isyon qildi va m agiu b iy atg a uchrab, saljuqiylarga butunlay tobe b o iib qol-
di. Lekin shunga qaramasdan, u Xorazmni mustaqilligi uchun mustahkam asos ya-
rata oldi. Sulton Sanjam ing o'lim idan so‘ng (1157) saljuqiylar davlati deyarli yo ‘q
b o id i va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borish uchun keng yo‘l
ochildi. M uhammad Otsizning oMimidan so‘ng o ‘g ‘li Elarslon taxtga o ‘tirdi. U ota-
siga qaraganda ancha qulay vaziyatda davlatni boshqardi. Xurosondagi voqealar-
dan foydalanib, u Kaspiy bo‘yidagi Dehiston hududlarini bosib olishga erishdi. El
arslon otasi davrida Xorazm ning bo‘ysundirilgan ko‘chmanchi turkman va qipchoq
qabilalari yordamida M ovarounnahming ichki ishlariga ham tez-tez aralasha bosh
ladi. 1158-yilda u katta qo‘shin bilan M ovarounnahrga bostirib kirdi. Bu vaqtda
qoraxitoylarga vassal bo ‘lgan qoraxoniylar ko‘chmanchi qarluq qabilalari bilan
jang olib borishayotgan edi. Elarslon qarluqlarga Buxoro va Samarqand uchun olib
borgan janglarda yordam berdi. Lekin qoraxitoylar qo‘shinlari yordamga yetib ke-
lishi bilan Elarslon Xorazm ga qaytishga majbur bo‘ldi. U bir necha marta Xuro-
songa yurish qilgan b o ‘lsa-da, muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1171—1172-yillarda
qoraxitoylarning katta qo‘shini Xorazmshohning oMponini o ‘z vaqtida to ‘lamayot-
ganligini bahona qilib Xorazm ustiga yurish qildi. Elarslonning buyrug‘i bilan
Sirdaryodagi katta to ‘g ‘on buzib tashlandi va katta maydon suvga bostiriladi. Bu
qoraxitoylar qo‘shini yurishini qiyinlashtirdi va Xorazmning poytaxti Gurganch
(Urganch)ni talon-taroj qilishdan saqlab qoldi.
Lekin qoraxitoylarning bu bosqini davrida Elarslon vafot etdi. Undan keyin
Xorazm taxtini uning kichik o ‘g ‘li Sultonshoh egallaydi. Sulton Takash faoliyati
Dostları ilə paylaş: