132
RISKLARNI SUG‘URTALASH
Risklarni qo‘shish
– ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas
xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan.
Ma’lumki, mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmas
-
ligi, tabiiy ofatlarning bo‘lishi tasodifiy bo‘lib ular
juda katta xarajatlarga
olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamayti
-
rishda sug‘urtaning ahamiyati katta.
Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish
samaradorligi shu bilan bel
-
gilanadiki, sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq
bo‘lmasligi kerak.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Tadbirkorlik riski deganda nimani tushunasiz?
2. Tadbirkorlik riski qanday turlarga bo‘lib o‘rganiladi?
3. Tadbirkorlik riskini baholashning qanday usullarini bilasiz?
4. Ehtimoliy risk asosida kutiladigan miqdor qanday aniqlanadi?
5. Tadbirkorlik riskini pasaytirishning qanday turlarini bilasiz?
MAVZU YUZASIDAN AMALIY TOPSHIRIQ VA
MASHQLAR
1. Aytaylik yosh tadbirkor Nigora Abdurazzoqovaning ixtiyorida pulini
ko‘paytirishning ikki xil tanlash varianti bor.
Birinchidan, agar u o‘zida
mavjud bo‘lgan ortiqcha 100 mln. so‘m mablag‘ini bankka omonatga
qo‘ysa, yillik 20 foiz ko‘rinishida kafolatlangan qo‘shimcha
daromad
oladi. Ikkin chidan, u qo‘shimcha ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi
mumkin. Uning ishlab chiqargan mahsuloti
bozorda muvaffaqiyat qozon
-
sa, tadbirkorning qo‘shimcha oladigan daromadi 40 mln. so‘mni, agar
muvaffaqiyat qozona olmasa 10 mln. so‘mni tashkil etadi. Mahsulotning
bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,4 ga teng.
Mahsulotni ishlab
chiqarishdan kutiladigan daromad miqdorini aniqlang. Tadbirkor qaysi
variantni tanlaydi?