130
B
irinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kam
-
roq
uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subyektiv ehtimol bo‘lib, biznesga
xosdir. Ham obyektiv, ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik daraja
-
sini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol o‘rtacha
qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv
ehtimol olinishi mumkin
bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi.
Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning
olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini
bilish kerak bo‘ladi.
Kutiladigan miqdor – bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha
o‘lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos
qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o‘lchovidir.
E X
P x
P x
P x
n n
( )
=
+
+ +
1 1
2 2
Bu yerda
x
i
– mumkin bo‘lgan natija;
P
i
(Probability) – ushbu natijaning paydo bo‘lish ehtimoli:
P
1
+
P
2
+...+
P
n
= 1
Masalan, tadbirkor yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi.
Agar tadbir
-
korning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir mahsulot
birligiga 10 000 so‘m foyda olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishma
-
sa, bir birlik mahsulot uchun 1 000 so‘m olinadi. Korxona mahsulotining
bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo‘lsa, bir birlik
mahsulotdan kutiladigan foyda miqdori quyidagicha aniqlanadi:
E(X)
= 0,6 × 10 000 + 0,4 × 1 000 = 6 400
so‘m
Insonlar riskka, ya’ni tavakkalchilikka borishga
tayyorligi bilan bir-
biridan farq qiladi. Insonlar riskka borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga
bo‘linadi:
–
riskka, ya’ni tavakkalchilikka borishga moyil insonlar;
–
riskka borishga qarshi, ya’ni moyil emas insonlar;
–
riskka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikka qarshi bo‘lgan inson
deganda shunday inson tushu
-
niladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog‘liq
natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko‘radi. Shuning uchun
ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yo‘qligi ko‘pchilik insonlar
-
131
ga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun og‘ir sinovdek
hisoblanadi va ular
ma’lum kompensatsiya bo‘lgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki,
kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natijani ma’qul ko‘rib,
tavakkalchilik bilan bog‘liq natijalarga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka
neytral qaraydigan inson uchun o‘rtacha foyda muhim hisoblanadi.
Tavakkalchilikka moyil bo‘lgan inson shunday inson hisoblanadiki,
kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga nisbatan tavak
-
kalchilik bilan bog‘liq natijani ustun ko‘radi.
Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi
insonlarga o‘z taqdirini sinab ko‘rish uchun
barqaror daromaddan voz
kecha oladigan insonlar kiradi.
Riskni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, su-
g‘urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida risk bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni
biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori risk bilan bog‘liq bo‘lishi boshqa
bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan riskni kamaytirishga olib
keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir
vaqtning o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan
talabning kamayib ketish
ehtimoli, ulardan bittasiga bo‘lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan
yuqori. Ko‘p hollarda bir turdagi mahsulotga bo‘lgan talab kamayganda
ikkinchi turdagi mahsulotga bo‘lgan talab oshadi. Quyidagi jadvalda ikki
turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilg
an.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: