141
GLOSSARIY
Agro
firma
– fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar tomonidan
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta
ishlash hamda sotish bilan
shug‘ullanuvchi korxona.
Biznes loyiha
– muayyan biznes g‘oyani amalga oshirish bilan bog‘liq bar
-
cha tadbirlar bayon etilgan hamda samaradorligi asoslangan hujjat.
Biznes-reja
–
tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan oldin uning tavsifi, faoli
-
yat
davrlari, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim
jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy ko‘rinishdagi hujjat.
Dehqon xo‘jaligi
– oila boshlig‘iga berilgan tomorqa
yer uchastkasida oila
a’zolarining shaxsiy mehnati asosida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan
va realizatsiya qiladigan oilaviy mayda tovar xo‘jaligi.
Fermer xo‘jaligi
– ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
foydalangan holda
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik
yurituvchi subyekt.
Innovatsiya
(ingl. «
innovation
» – yangilik, novatorlik) –
yangi texnologiya,
mahsulot va xizmatlar turlari,
ishlab chiqarish, mehnat, xizmat ko‘rsatish va
boshqaruv ko‘rinishidagi yangiliklarning qo‘llanilishi.
Investitsiya riski –
ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra investitsiya mab-
lag‘larining samara keltirmasligi oqibatida moliyaviy yo‘qotish ehtimoli.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash –
bozor holati o‘zgarishlariga mos
-
lashuvchanlikni oshirish maqsadida mahsulot ishlab
chiqarish turlarini kengay
-
tirish.
Dostları ilə paylaş: