140
Raqobatdoshlik darajasi
Tovar
raqobatdoshligi
Korxona (firma)
raqobatdoshligi
Tarmoq
raqobatdoshligi
Milliy
iqtisodiyot
raqobatdoshligi
Raqobatdoshlikning har qanday darajasi uchun xususiyatli bo‘lgan
asosiy omillar mavjud.
Sifat
Narx
Reklama
Assor-
timent
Tadqiqot
va
rivojlanish
Xizmat
ko‘rsatish
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun korxonangiz raqobatdoshligini ta’minlashingiz zarur.
Korxona raqobatdoshligi
– muayyan
turdagi mahsulotni ishlab
chiqaruvchi boshqa korxonalarga o‘zining ishlab chiqarish, moliyaviy
va marketing faoliyati samaradorligi jihatidan
munosib qarshi tura
olish qobiliyati.
Buning uchun, albatta, korxona raqobatdoshligini ta’minlash yo‘llari
to‘g‘risida bilishingiz kerak. Quyida ularning asosiylarini keltirib o‘tamiz:
– muntazam ishlab chiqarish jarayoniga yangiliklarni joriy etish;
– mahsulotning nisbatan takomillashgan shakli ustida izlanish;
– mahsulot sifatining milliy va jahon
andozalariga muvofiqligini
ta’minlash;
– yuqori sifatli xomashyo va materiallardan foydalanish;
– muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirib borish;
– xodimlarning moddiy manfaatdorligini
oshirish va mehnat sharoit
-
larini yaxshilash;
– bozorda chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: