21
O‘z faoliyatingizni oilaviy tadbirkorlik shaklida tashkil etish siz uchun
maqbul tan lov hisoblanadi. Chunki, oilaviy tadbirkorlikni
tashkil etish
orqali o‘zingiz yashab turgan hududda faoliyat yuritishingiz hamda ishlab
chiqarilgan mahsulotni shu joyning o‘zida sotishingiz mumkin. Bunda siz
o‘z turarjoyingizni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga aylantirishingiz
shart emas.
Shuningdek, siz tadbirkorlik faoliyatini o‘z uyingizda tashkil
etsangiz,
elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va
issiqlik ta’minoti kabi kommunal xizmatlar haqini aholi uchun belgilangan
tariflarda to‘lashingiz mumkin. Bu esa, boshqa
shakldagi korxonalarga
nisbatan yengillik va katta imtiyoz demakdir.
BU QIZIQ...
Jahonning ko‘plab ko‘zga ko‘ringan yirik kompaniyalarining faoliyati
oilaviy biznesga asoslangan. Masalan, «Walmart
»
(AQSH), «Samsung
Group
»
(Janubiy Koreya) va «Tata Group» (Hindiston) kabi yirik
kompaniyalar shular jumlasidandir.
BILASIZMI?
Oilaviy korxona faoliyatini amalga oshirish
shartlari nimalardan
iborat?
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatno
-
ma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan
mahsulotni ishlab chiqa
-
rishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali
qazilmalar
qazib olishni, shuningdek, yuridik shaxslar uchun qat’iy
belgilangan soliq yoki yagona yer solig‘i to‘lash
nazarda tutilgan fao
-
liyatni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va material
-
lardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit
uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanish
-
ga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan
moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati O‘zbekiston Res
-
publikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 269-sonli
qarori bilan tasdiqlangan.
22
Shuningdek, oilaviy korxona tomonidan
sanoat tusidagi faoliyatni
ko‘p kvartirali uyning turarjoylarida amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: