45
1) yuridik shaxsni tashkil etgan holda;
2) yuridik shaxsni tashkil etmagan holda.
Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi hisoblanadi. Ya’ni, unda
yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining ma’lum
qismi shaxsiy is
-
te’molga qoldirilgan holda, qolgan qismi bozorda sotishga mo‘ljallangan
bo‘ladi.
Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolari-
ning shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq
xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik
faoliyati jumlasiga kiradi
hamda deh qon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tash
-
kil etgan holda va yuridik shaxs tashkil
etmasdan amalga oshirilishi
mumkin.
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda
foydalanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi 604-I-sonli
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuni, 1-modda
FERMER XO‘JALIGI
Qishloq joylaridagi yanada yirikroq tadbirkorlik shakli – bu fermer
xo‘jaligidir.
Fermer xo‘jaligi
– ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan
holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi,
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt.
Fermer xo‘jaligiga qishloq xo‘jaligi ahamiyatidagi yerlar mahalliy ken
-
gashlar tomonidan meros qoldirish huquqi bilan 50
yilgacha muddatga
ijaraga beriladi. Fermer xo‘jaligi ham mehnatga layoqatli yoshdagi oila
a’zolaridan, ham yollanma ishchilardan foydalanishi mumkin.
Fermer
xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tovar shaklida, ya’ni, asosan,
46
bozorda sotish uchun ishlab chiqaradi. U yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil
etilib, boshqa iqtisodiy subyektlar bilan mustaqil ravishda xo‘jalik muno
-
sabatiga kirisha oladi.
Fermer xo‘jaligi ijaraga berilgan yer
uchastkalaridan foydalangan
holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi,
mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.
Dostları ilə paylaş: