40
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi
yangi tahrirdagi
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»gi qonunida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan
aksiyalarni ochiq va yopiq obuna yo‘li bilan joylashtirish mumkinligi
belgilab berildi.
Mazkur qonunga muvofiq, yopiq aksiyadorlik jamiyati
mazmunan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga o‘xshashligi bois aksiya
-
dorlik jamiyatlarining shakllari ochiq va yopiq turlarga ajratilmasdan, ular
umumiy holda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladigan bo‘ldi.
AKSIYADORLIK JAMIYATINI TASHKIL ETISH
Jamiyatni yangidan ta’sis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qay
-
ta tashkil etish (qo‘shib yuborish,
birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish,
qayta tuzish) yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav
kapitalining minimal miqdori 1 600 mln. so‘mni tashkil etadi.
Jamiyat
-
ning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal
qiymatidan tashkil topadi.
Aksiya
– bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining
ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida
daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiyaning nominal qiymati –
aksiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan
qiymati.
Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil
bo‘lishi lozim. Aksiyalar egasining nomi yozilgan
emissiyaviy qimmatli
qog‘ozlar bo‘lib, ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin.
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik
yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs
aksiyaning egasi – aksiyador deb yuritiladi.
Aksiyador –
aksiyaning egasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ular egasiga dividendlar olish,
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok
etish huquqini beradi. Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, jamiyat
tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish
41
huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir.
Imtiyozli aksiyalar
o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qat’i nazar, muayyan
dividendlar olish huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: